Sikhizm

Sikhizm — Hindistondagi monoteistik din; hinduiyliktsat diniyislohotchilik harakatining g’oyaviy shakllaridan biri. 16-a. boshla- rida Panjobda paydo bo’lgan. S. asos- chisi — Nanak (1469-1539). Ilk S. shaharda yashovchi savdogarhunarmandlar doiralari mafkurasini ifodalagan. S. barcha odamlarni Xudo oldida ten  hisoblaydi, tarkidunyochilik (aske- tizm), monaxlikni qoralaydi, ma’naviy ustoz — guruga so’zsiz tobelikni targ’ib qiladi. 18-a. boshida zamindorlarga qarshi harakatning mafkurasi bo’lgan, biroq 18-a. 2-yarmiga kelib sof liniy oqimga aylandi. Hoz. vaqtda sikhlar o’rtasidagi ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi bois ularning ichida turli oqimlar va siyosiy partiyalar vujudga kelgan. S.ning diniy markazi Amritsar sh. hisoblanadi. Ad.: G’iyosov T. G’., Hindistonning yangi tarixi. T., 1999; Semyonova N.I., Istoriya sikxskogo dvijeniya v Indii, M., 1963.