Simfonizm

Simfonizm (simfoniya so’zidan) — musiqiyestetik kategoriya; 18-19- a.lar kompozitorlik san’atida qaror topgan badiiy usul. Tugal tushuncha si- fatida ilk bor B. Asafev tomonidan taxlil etilgan. Turli musiqiy mavzu (kuy)larning uzluksiz, o’zgarishlarga boy mukammal rivoji, badiiy obraz- larning uzaro ta’sir etish jarayonlari- ni ifoda etadi. Simfonik janrlar b-n birga kamercholg’u, musiqali teatr (ope- ra, balet), vokalsimfonik (oratoriya) va b. janrlardagi namunalarga nisba- tan ishlatiladi. Tarixiy rivojida bir necha musiqiy dramaturgiya turlarini keltirgan: xalqchiljanrli (y. Gaydn), dramatikfojiaviy (L. Betxoven), li- rik (F. Shubert), epik (A. Borodin) va b. O’zbekistonda dastlab ik. Akbarov, R. Hamroev, T. Kurbonov va b.ning asarla- rida namoyon bo’lgan. Keyinchalik M. To- jiev, M. Maxmudov, N. G’iyosov va b.ning asarlarida o’zbek mumtoz musiqa (jum- ladan, maqom, katta ashula) xususiyatla- ri b-n uzviy bog’lanib, millim S. qaror topdi. To’xtasin G’afurbekov.