Simob rudalari

Simob rudalari – tarkibida iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq kontsentrasiyada simob bo’lgan va uni sanoatda foydalanishning texnik im- koniyati mavjud bo’lgan tabiiy mineral hosilalar. Asosiy ruda minerali — HgS — kinovar (tarkibidagi simob 86,2%). Simobning ikkinchi darajali ruda minerallari — metasinnabarit, tug’ma simob, livingstonit, korderoit, makdermitit hamda tarkibida simob bo’lgan mis, surma, mishyakning sulfa- tuzlari. Sr. sifatiga qarab juda boy, boy va kambag’al bo’lib, har bir simob konida ham ularning o’zaro salmog’i turlicha bo’ladi. Sr. (konlari) genezi- si, morfologik tuzilishi hamda sanoat turi ko’rsatkichlari bo’yicha juda xilma xil. Oxirgi tasnif bo’yicha (Fedorchuk, 1990) endogen, plutonogen, teletermal, vulkanogen, ekzogen hamda geterogen si- mob konlari mavjud. Ulardan teletermal rudali konlar simob qazib chiqarishning asosiy manbai hisoblanib, kvarsdikkit- li (Almaden — Ispaniyada, Nikitovka — Ukrainada), jasperoid (Haydarkon, Chauvay — Qirg’iziston), karbonatli (Adirakov, Birkgu — Qirg’iziston), listvenitli (Cho’nkoy — Qirg’iziston, Tamvatney — Saxa, Nyualmaden va Nyuidriya — AQSh) turlari ma’lum. O’zbekistonda Turkiston tizmasining g’arbiy qismida Sr.ning karbonatli tu- riga xos Krrasuv koni ma’lum.