Sinekdoxa

Sinekdoxa (Yun. synekdoche — birga nazarda tutmoq, birga o’ylamoq) — metonimiya (majoz)ning ko’rinishlaridan biri; S.da ham ma’no ko’chishi o’xshashlik, bog’liklikka asoslansada, bu erda ko’chish ob’ektlari o’rtasidagi mikdoriy belgi etakchilik qiladi; butun narsaning no- mini uning qismi nomi b-n va, aksincha, qism nomini butun narsaning nomi b-n atash, ko’plik sondagi so’z o’rniga birlik sondagi so’zni qo’llash yoki aksincha ish- latish, ba’zan jinstur munosabatidagi so’xtarning birbiri o’rnida qo’llanishi va b. Mac, «tirnoqqa zor bo’lmoq» ibo- rasida tirnoq (qism) so’zi bola, farzand (butun) ma’nosida, «besh qo’l barobar emas» iborasida esa qo’l (butun) so’zi barmoq (qism) ma’nosida qo’llangan; M. Sholoxov o’z asariga «inson taqdiri» deb nom qo’yganda ham alohidalik (in- son) o’rnida umumiylikni (odamlar, butun bir xalq) nazarda tutgan. «So- tuvchi, xaridor b-n xushmuomala bo’l!» ko’rinishidagi shiorlarda ham birlik sondagi sotuvchi va xaridor so’zlari as- lida barcha sotuvchi va xaridorlarni ne- zarda tutadi. S. badiiy adabiyotda asar- ning ta’sirchanligi va emosionalligini oshirishda yoki sub’ektiv munosabat bil- dirishda muhim vosita hisoblanadi. Abduvahob Madvaliev.