Singarmonizm

Singarmonizm (Yun. syn birga va harmonia — ohangdoshlik, uyg’unlik), unlilar garmoniyasi (ohangdoshligi) — asosan, turkiy tillarda, qisman mo’g’ul, tungusmanjur, fin-ugor, paleoosiyo tillarida uchraydigan fonetik hodisa; bunda muayyan so’z shaklining (ham asos, ham affikslarning) barcha unlilari ta- laffuz (artikulyasiya) jihatdan bir tur- li: old yo orqa qatorga mansub (tanglay garmoniyasi) yoki lablangan yo Lablan- magan (lab garmoniyasi) bo’ladi. S.ning tanglay garmoniyasi qonuniga asosan so’zning boshida (o’zakda) til oldi un- lisi kelsa, so’z o’rtasidagi va oxiridagi unli lar ham til oldi bo’ladi. Aksincha, so’z boshida til orqa unlisi kelsa, key- in gi bo’g’inlarda ham til orqa unlisi keladi. Mac, o’zbek tilining Qo’qon she- vasida bala so’zidagi unlilar old qator bo’lganidan unga faqat shunday unlisi bo’lgan qo’shimcha qo’shiladi: balalar, shuningdek, qozoq, tilidagi kblder va qoldar so’zlari tanglay garmoniyasi aso- sida talaffuz qilinadi va yoziladi. S.ning bu turi o’zbek tilining ayrim shevalari (deyarli barcha qipchoq shevala- ri, o’g’uz shevalari, shim. o’zbek shevalari) da hoz. kungacha to’liq saqlanib qolgan. Lab garmoniyasida unlilar ham til ol- dilik va til orqalik, xam lablashish nuqtai nazaridan moslashadi. Bunday moslashishni hoz. qirg’iz tilida uchra- tish mumkin: qollor, kbldor, brdbktbr kabi. Lab garmoniyasi o’zbek tilida deyar- li uchramaydi. Umuman, hoz. o’zbek adabiy tili S. kridalariga bo’ysunmaydi. Eski o’zbek adabiy tilida esa S. qonuni ancha izchil va ayrim hollarda to’lig’icha amal qilgan.