Sintetik tillar

Sintetik tillar (Yun. Synthetikos — qo’shiluvchi, birikuvchi) — til- larning tipologik sinfi; bunda bir suz tarkibida bir qancha morfemalar (leksik, so’z yasovchi va so’z o’zgartiruvchi), binobarin, leksik va grammatik ma’no- lar birlashadigan, qo’shiladigan tillar. Ularda sintetizmni — so’z ichidagi gram- matikani ifodalovchi usullarga ichki fleksiya, affiksasiya, so’z takrori, so’z qo’shish va urguni kiritish mumkin. Mas, o’zbek tilidagi «ishchilarga» so’z shakli sintetik holatda bo’lib, unda xam leksik (ish va chi), ham grammatik (lar va ga) ma’- nolar ifodalangan. St. sintetizmning boryo’qligi jihatidan analitik tillar- ga, ortiqkamligi jihatidan polisinte- tik tillarta. qarshi qo’yiladi. Pekin St. b-n analitik tillar orasiga kat’iy che- gara quyib bo’lmaydi, chunki st. ma’lum darajada analitik usul vositalaridan, analitik tillar esa sintetik usul vo- sitalaridan foydalanadi. St. flektiv va agglyutinativ tillarnm o’z ichiga ola- Di. Qad. yozuvli hindevropa tillaridan sanskrit, qad. yunon, lotin, kad. Slavyan tillari, hoz. rus, Litva, nemis tillari sof, namunali st. hisoblanadi; turkiy, mo’g’ul, som, fin-ugor tillari ham ko’plab sintetik shakllarga ega bo’lsada, ularda bir qator analitizm belgilari ham uch- raydi. Isroil Po’latov.