SIYOSIY INTUITSIYA
SIYOSIY INTUITSIYA (lot. tikilib qarash) — siyosiy voqealarga baho berishda va siyosiy qarorlar qabul qilishda dastlabki ilmiy tahlil va asoslashlarsiz, avvalgi siyosiy faoliyat tajribasiga suyanib ish ko’ra olish qobiliyati. Siyosiy intuitsiyani ilmiy tahlil, mantiq, isbotga qarshi qo’yib bo’lmaydi, chunki u o’ziga xos fikrlash usuli.