SKARLATTILAR

SKARLATTILAR —italyan kom- pozitorlar oilasi. Al essan dro Skar- latti (1660.2.5, Palermo — 1725.22.10, Neapol) — Neapolitan opera maktabi asoschisi. Turli kapellalar, Rim va ne- Apol konservatoriyalarida dars bergan. Jami 130 ga yaqin opera, 600 dan ziyod diniy va dunyoviy kantata va b. asarlar yaratgan. Operaseria (jiddiy, katta ope- ra) va simfoniya janrlari shakllani- shiga katta ta’sir ko’rsatgan. O’zining bir qator operalarida sharqona mavzu- larga murojaat qilgan. Xususan, «Ti- beriy, Sharq imperatori» (1702) va «Buyuk Temurlang» («II gran Tamerlano», 1706 y.da Rimda katta muvaffaqiyat b-n sahnalashtirilgan) kabi asarlari b-n mazkur an’ananing Italiyada puxta o’rin olishiga asos solgan. Domeniko Skar- latti (1685.25.10, Neapol — 1757.23.7, Madrid) — kompozitor, sozanda (organ, klavir). A. Skarlattining o’g’li. Ope- ra, kantata va b. asarlarning muallifi. 500 dan ziyod klavir (asosan, qad. Sonata) asarlarida murakkab ijro usullarini qo’llab, yangi klavir uslubini yaratgan, klassik Sonata janriga zamin tayyorla- gan.