«Skayleb»
«Skayleb» (ing. skylab Sky laboratory — osmon laboratoriyasi) — bortida astronavtuchuvchisi bo’lgan, kosmik fazoda, er atrofida uchishga mo’ljallangan Amerika orbital st-yasi nomi. 1973 y. «S.»»Saturn5» er yor- damida (uchinchi bosqichsiz) orbitaga chiqarilgan. «S.»ni uchirishdan maqsad uni orbitada «Apollon»ga tutashti- rish, insonning uzoq muddat kosmik uchish sharoitiga adaptasiyasini va erga tortilish readaptasiyasini o’rganishga mo’ljallangan tibbiybiologik tekshi- rishlar o’tkazish, Quyoshni kuzatish, er- ning tabiiy resurelarini o’rganish, texnik eksperiment o’tkazish. Dastlabki orbitaning perigeyi 434 km, apogeyi esa 437 km ga teng bo’lib, ekvatorga ogmaligi 50°, davri 93,2 minutni tashkil etadi. «S.»ning massasi 77 t, uz. 25 m, Maksi- mal diametri 6,6 m. Stya blokida yashash bo’lmasi, lab., yotoqxona, tibbiyot, dam olish xonalari, oshxona, ovqatlanish xo- nasi, turli mashq va tajribalar o’tkazish bo’lmalari mavjud.