Skerso

Skerso (ital. scherzo — hazil) — dastlab (16— 17-a.larda) hazil matnlar- ga yozilgan vokal xamda o’ynoqi xarakter- li cholg’u pesalar nomi (mas, K. Mon- teverdening «Scherzi tnusicale», 1607). Keyinchalik cholg’u syuita (I. S. Bax kla- vir partitalari) hamda sonatasimfonik turkumi (y. Gaydn, L. Betxoven asarla- ri)ning tarkibiy qismi. S.ga 3 hissali o’lchov, jadal sur’at, karamaqarshi (ko’pincha, o’ynoqi, hajviy yoki hazil) obrazlarning keskin almashinuvi xos. 19-20-a.larda S mustaqil asar sifa- tida (F. Shopen, R. Shuman, I. Brams, P. Chaykovskiylarning fortepiano S. lari, P. Dyukaning «sexrgar shogirdi», I. Stravinskiyning «Fantastik S.»si kabi orkestr S.lari) ham keng rivoj topdi. A. Brukner, G. Maler, D. Shosta- Kovich simfoniyalari dramaturgiyasida S. qismlari alohida ahamiyatga ega. O’zbekiston kompozitorlari ijodida S ning barcha turlari uchraydi. Ik. AK- barov, g. Mushel, M. Tojiev, N. G’iyosov va b. simfoniya, kontsert, Sonata kabi tur- kumli asarlarida, A. Kozlovskiy, F. Na- zarov, B. Gienko va b. ayrim sozlar uchun mo’ljallangan S.lar yaratganlar.