So’fi Olloyor
So’fi Olloyor (1644, Kattaqo’rg’on bekligi Minglar qishlog’i — 1724, De- Nov) — tariqat arbobi va mutasavvuf shoir. Shayxlar maktabi va Buxorodagi Jo’ybor shayxlari dargohida ta’lim ol- gan. O’z davrining barcha asosiy ilmla- rini egallagan, Arab va fors tillarini o’rgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj Mahkamasiga to’ra etib tayinlangan. Darveshona fe’l, shoirona ko’ngil sohibi bo’lgan CO. bu lavozim- dan tezda iste’fo berib, o’z davrining mashhur shayxi Navro’zga shogird tushgan, tarikat talablarini bajarib, shayxlik martabasiga ko’tarilgan, Valiulloh (ka- romat soxibi) bo’lib etishgan. Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan S.O. ijo- dining asosiy yo’nalishi Islom ma’ri- fatini keng xalq orasiga yoyish va tasav- vufning insoniy Kamolot bilan bog’liq g’oyalarini targ’ibtashviq qilishdan iborat. U «maslak ulmuttaqin» («Taqvodorlar maslagi»), «Murod ulo- rifin» («oriflar murodi»), «Maxzan ulmute’in» («itoatkorlar xazinasi») asarlarini forsiy, «sabot ulojizin» («Ojizlar saboti»), «favz unnajot» («Najot tantanasi») masnaviylarini turkiy tidda yaratgan. Forsiy va turkiy- da bitilgan boshqa she’rlari ham mav- jud. «Mevalar munozarasi» nomli man- Zuma xam unga nisbat beriladi. S.O.ning shoh asari «maslak ulmuttaqin» bo’lib, 12 ming bayt, 135 ta kattakichik bobdan iborat. Ilohiy ma’ri- fatning badiiy talkiniga bag’ishlangan bu asar el orasida Shuxrat tutganidan so’ng do’stu yaqinlari undan turkiy tidda xam shunday bir kitob yozishni iltimos kiladilar. Bunta javoban u «maslak ulmuttaqin»ni birmuncha qisqartirib, o’zbek tilida nazmda bitgan va un-ta «sa- bot ulojizin» deb nom bergan. O’zbek falsafiy didaktik adabiyotining etuk namunasi bo’lmish ushbu asarda tasavvuf ta’limotining ma’naviyaxloqiy masa- lalarini keng yoritish bilan u turkey tasavvuf adabiyoti rivojiga katga hissa ko’shgan. Asarlarida Islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birmabir ta’riflab bergan. Axloqiyta’limiy ahamiyati jihatidan, xususan, «maslak ulmuttaqin» va «sa- bot ulojizin» asarlari maktab va ma- drasalarda asosiy dareliklar qatorida o’qitilib kelgan. Uning diniytasavvu- fiy ruxdagi pandu hikmatga yo’g’rilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), bulg’or, Orenburg va b. mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular ko’p nusxalarda ko’chirilgan. 19-a.ning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va b. shaharlarda toshbosma yo’li bilan bir necha marta bosilib chiqqan. So. asarlari ko’plab xorijiy tillar- ga tarjima qilingan, ularga bag’ishlab sharhlar yozilgan, lug’atlar tuzilib, u qo’llagan tasavvufiy istilohtimsollar keng sharhlangan. As: sabot ulojizin, T., 1991. Ad.: Zohid R., So’fi Olloyor. Ada- biyot ko’zgusi, T., 1996; Turkistoniy S, So’fi Olloyor. G’oyiblar xaylidan yongan chiroqlar, T., 1994; Baratova N., So’fi Olloyor- ning badiiy-ma’naviy qarashlari, Samarqand, 2002. Ergash Ochilov.