Sofiya

Sofiya — Bolgariya poytaxti. So- fiya soyligining Jan. chekkasida, Vito- sha tog’i etaklarida, 530-650 m baland- likda joylashgan. Sofiya viloyatining ma’muriy markazi. Bankya, NoviIskir va b. shaharlar bilan aloxida ma’mu- riy birlik — katta S.ni tashkil etadi. Aholisi 1,09 mln. kishi (2001). Iqlimi mo»tadil kontinental iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi 2°, iyulniki 20°, yillik yog’in 600-650 mm. Shaharning Sharqiy chekkasidan Iskir daryosi oqib o’tadi, shahar atroflarida mineral buloklar bor. S. G’arbiy va Markaziy Evropa dav- latlarini yaqin Sharq mamlakatlari bilan bog’lab turuvchi vodiylar orqali o’tgan qad. yo’llar ustida joylashgan transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga Serdika nomi bilan mil. AV. 1-a.da asos solingan va Rim, keyinroq Vizantiyaga qarashli Bolqon erlarining muhim ma’muriy markazi va savdo Pun- kta bo’lgan. 809 y.da Sredes nomi bilan Birinchi bolgar qirolligi (681-1018) tarkibiga kirdi. 1018-1194 y.larda Vizantiya hukmronligi ostida bo’lgan. 14-a. oxiridan S. deb (Ayo Sofiya cherkovi nomidan) atalib kelinmoqda. 1382 y.da S.ni turklar bosib oldi va Rumayla be- klarbekligining qarorgohiga aylanti- rildi. 16-18-a.larda S. Bolqon ya.o.ning Istanbuddan keyin 2o’rindagi yirik hunarmandchilik va madaniy markazi bo’lgan. 1877-78 y.larda rus qo’shinlari S.ni turklardan ozod qildi. 1879 y.dan Bolgariya poytaxti. S— mamlakatning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/6 qismi S.ga to’g’ri keladi. Mashinasozlik- ning turli sohalari, xususan, elektro- texnika va radioelektronika, stanoksoz- lik va priborsozlik, ko’tarmatransport jihozlari ishlab chiqarish., rangli va qora metallurgiya, kimyo, rezina, tsellyulozaqog’oz, poligrafiya, oziqovqat, engil sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Bolgariya FA, un-t, intlar, geogr. jamiyati, konservatoriya, badiiy galereya, arxeologiya, etnografiya va b. mu- zeylar, teatrlar bor. Me’moriy yodgorli- klaridan Ayo Sofiya cherkovi (5-6-a.lar), Aleksandr Nevskiy maqbarahaykali (1904-12) va b. saqlangan.