SOLIQ STAVKASI
SOLIQ STAVKASI – soliqqa tortish birligiga to’g’ri keluvchi soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga bog’liq bo’lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut summalarda o’rnatiladi. Proporsional stavkalar daromadning hajmiga (miqdoriga) bog’liq bo’lmagan holda unga nisbatan bir xil foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq stavkalari soliqqa tortiladigan daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi. Regressiv soliq stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib borishi bilan pasayadi.