SOLIQ TO’LOVCHILARNI HISOBGA OLISH (QAYDDAN O’TKAZISH)

SOLIQ TO’LOVCHILARNI HISOBGA OLISH (QAYDDAN O’TKAZISH) – ularni xo’jalik yurituvchi subyektning identifikatsiyalashuvini ta’minlaydigan soliq to’lovchining Davlat reestriga kiritish orqali amalga oshiriladi. Soliq to’Iovchilar majburiy ravishda soliq organlarida hisobdan (qayddan) o’tishi shart. Bunda bank va boshqa kredit tashkilotlari soliq to’Iovchilar tomonidan ularning soliq organlarida hisobdan (qayddan) o’tganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etganlaridan so’nggina ularga hisob-kitob va boshqa hisob varaqlarini ochishi hamda belgilangan muddat ichida ularga (soliq to’lovchilarga) xabar berishi kerak. Ko’rsatilgan talablar bajarilmagan holda bank va boshqa kredit tashkilotlarining rahbarlari belgilangan tartibda ma’muriy jazoga tortiladilar.