Somali, Somali tili

Somali, Somali tili — somhom tillarm oilasining kushit tillari Sharqiy guruhiga mansub va Somali- da, Jibuti Jan.da, Efiopiya sharqida va Keniyaning shim.sharkida tarqalgan; Arab tili bilan birga Somali Demo- kratik Respublikasining rasmiy tili. So’zlashuvchilarning umumiy soni 9 mln. kishiga yaqin. Asosiy laxjalari: Isa- AK, Issa, darod, dagil, xaviya va b. S.t.da cho’zikligi va hosil bo’lish o’rniga ko’ra farqlanuvchi 20 ta unli bor, unlilar garmoniyasi mavjud; so’z urg’usi erkin. Morfologiyasida otlar 2 jins katego- riyasiga ega, 4 kelishik bo’yicha o’zgaradi. Suffiksasiya va so’z qo’shish asosiy so’z yasovchi vositalaridandir. Lug’at tarki- bida ko’plab arabiy o’zlashmalar uchray- Di. S.t. uchun 1973 y.dan lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy qilingan.