Soqiynoma

Soqiynoma (soqiy va noma) — 1) Sharq mumtoz adabiyotida masnaviy shaklidagi lirik janr. Odatda, har bir bandi bevosita soqiyga murojaat sifatida boshlanib, keyin shoirning kechinmalari tasvirlangan. S. rasman marhumlar xotirasiga bag’ishlansada, unda shoirning falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlari ham o’ziga xos lirik tarzda aks etgan. Fors tilidagi dastlab- ki S.lar Nizomiy («Layli va Majnun» debochasida), Salmon, Hofiz qalamiga mansub. O’zbek adabiyoti tarixida bu janrni Alisher Navoiy asoslagan. Na- voiyning «Xazoyin ulmaoniy» asari- dagi 32 band (458 bayt)dan iborat S.si qo’yilgan masalalarning kengligi, aniq tarixiy sharoit va voqealar bilan bevo- Sita bog’langanligi jihatidan ajralib turadi. Bu asar o’ziga xos izchil uslubga ega. Unda Navoiyning shaxsiy turmu- shi bilan bog’liq detallar hamda shoir- ning o’z davri va zamondoshlariga bergan bahosi poetik ifodasini topgan. Navo- iydan keyin fors, tojik va turkiy til- larda (Fuzuliy, Surush va b. tomonidan) bir necha S. yaratilgan; 2) engil va jonli sur’atdagi mashhur doira usuli (bakaba- kabumbum); mazkur usulda aytiladigan ashula yo’llari nomi. Shashmaqomning Savt va Mo’g’ulchalar sho»balari tar- kibida bo’lib, ular nomi bilan qo’shib ataladi. Mas, Si Savti Sarvinoz (Buz- Ruk maqomida), S.i Savti Kalon, Si Savti Sabo (Rostda). Dastlab S. janri- dagi she’rlar bilan, keyinchalik vazn jihatdan mos keladigan boshqa g’azallar bilan ham ijro etilgan. S. yo’llari raqsga jo’rnavoz sifatida ham aytilgan.