Struktura

Struktura (lot. structure — tuzi- lish, bog’lanish) — 1) muayyan narsalar- ning tuzilishi, qurilishi; tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liqligi; 2) ob’- ektning yaxlitligi va aynan o’zligini anglatadigan, ya’ni tashqi va ichki o’zgarishlarda asosiy xususiyatlarini saqlab qoladigan barqaror aloqalari majmui. S. sistemami tashkil etadi. S. narsa va hodisani bir xil yoki har xil jinsliligi, uning muayyan nis- biy mustaqil qismlarga, elementlar- ga, komponentlarga bo’linishini; bu qismlar, elementlar, komponentlar- ning o’zaro ta’sir va aks ta’sirlari- ni, ular o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni, bu bog’lanishlarga oid qonuniyatlarni; narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil topgan- ligidan kat’i nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi. S.ni bilish — elementlarni aniklash, ular- ning o’zaro aloqadorliklarini aniklash, bu elementlar bir butunligining o’ziga xos tabiatini tushunib olishdir. Keyingi vaqtlarda tabiatshunos- lik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot ob’ektini chuqurroq o’rganish maqsadida sistemali yondashish, struktu- raviy analiz usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning qo’llanishi ularning samarali va istiqbolli ekanligini ko’rsatmoqda. Olamni falsafiy va ta- biiyilmiy bilish Real mavjud siste- malarning S. xususiyatlarini bilishga ancha to’g’ri keladi.