Sug’d viloyati

Sug’d viloyati (1939 y.dan 2000 y. iyungacha Leninobod viloyati) — to- jikiston Respublikam tarkibidagi VI- loyat. Respublikaning shim.da joylash- gan. 1939 y. 27 okt.da tashkil etilgan. 1962 y.da tugatilib, 1970 y. 23’dek. da qayta tashkil etildi. SV. shimol, shim. Sharq, shim.G’arb va g’arbdan O’zbekiston Respublikasi, sharqdan Qirg’iziston Respublikasi, Jan.dan Tojikiston- ning respublikaga qarashli tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 26,1 ming km2. Aholisi 1872 ming kishidan ziyod (2001), asosan, tojik va o’zbeklar, shuningdek, rus, qirg’iz, tatar, ukrain va b. millat vakillari g’am yashaydi. 1918-24 y.larda S.v. hududi tur- kiston ASSRning Samarqand vilo- yati Xo’jand uezdi, 1924-29 y.larda O’zbekiston SSR, 1929 y.dan Tojiki- ston SSR tarkibida. 1939 y.dan viloyat maqomida. S.v.da 14 tuman, 10 shahar va 21 shaharcha bor. Markazi — Xo’jand sh. Asosiy shaharlari: Xo’jand, Ustrushona (sobiq O’ratepa), Isfara, Qayroqqum, Konibodom, Panjakent, Taboshar, Chka- lovsk. S.v. hududi respublikaning shim.da (Tyanshan va HisorOlay tog’larining g’arbiy qismida, Sirdaryo va Zarafshon daryolari havzasida). Relefi har xil: tog’tizmalari (Turkiston, Zarafshon, Qurama, Hisor) bilan birga adirlar va ular orasida vodiylar (Sirdaryo vo- diysi, Zarafshon vodiysining Sharqiy qismi) bor. Shim. qismida Kurama tiz- masi, Mo’g’ultog’, Jan.da Turkiston tiz- masi, Zarafshon tizmasi, shuningdek, Hisor tizmasi joylashgan. Iklimi keskin kontinental. Yozi issiq. Iyulning o’rtacha t-rasi 9,7°dan (Anzob dovoni) 27,5° gacha (Asht, Xo’jand), eng yuqori tra 45° (Xo’jand), 46° (Zafarobod). Qishi o’rtacha sovuq, yanv. ning o’rtacha t-rasi — 12,7° dan (Anzob dovoni) —g gacha (Xo’jand). Eng past tra -30° (Zafarobod). Vegetasiya davri 230 kun. Yiliga 100 mm (Konibodom), 250 mm (Asht), 400 mm (tog’larda) yog’in yog’adi. Asosiy daryosi — Zarafshon (Fondaryo va Yag’nob irmoklari bilan), shuningdek, Isfara, Xo’jabaqirg’on, Oqsuv (Sirdaryo irmoklari) ham mavjud. Yirik ko’llar: Iskandarko’l, Oqsuvkon. Shuningdek, Qayroqqum va Kattasoy suv omborla- ri ham bor. Tuproqlari bo’z, o’tloqi va jigarrang tuproqlar. O’simlik dunyosi vertikal mintaqalar hosil qilgan. Te- kisliklar va adirlarda shuvoq, Lola, tog’dashtlarida chalov o’sadi, ba’zi tog’ yon bag’irlarida zarang, zirk, archazorlar uchraydi. 3000 m dan balandroq tog’larda subalp va Alp o’tloqlari bor. Yovvoyi hayvonlardan ayiq, bo’ri, tulki, kiyik, tovushqon, jayra, bo’rsiq, qobon, Sibir tog’echkisi, qor qoploni; qushlardan qirg’ovul, ular, kaklik, bulbul, kaptar, mayna, qizilishton, zog’, o’rdak yashay- Di; baliklardan laqqabaliq, sazan, zog’orabaliq va b. bor. S.v.ning xo’jaligi Tojikiston- ning boshqa viloyatlariga nisbatan ancha rivojlangan. 1980-90 y.larda respublika sanoat mahsulotining 35%, jumladan, kumir qazib chiqarish 100%, gilam to’qish 99%, gaz ishlab chiqarish. ning 93% viloyat hissasiga to’g’ri kel- gan. Ayni paytda metallsozlik, engil, oziqovqat, konchilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish., Anzob ruda k-ti, Sho’rob ko’mir koni, xamda Chkalovsqdagi ktlar, Qayroqqum GES, Xo’jand shoyi to’qish, Qayroqqum gi- Lam to’qish korxonalari, shuningdek, oziqovqat (konserva, un, go’shtsut KTLA- ri, yog’moy, vino, qandolatchilik tsexlari, non pishirish birlashmasi), paxta toza- lash z-dlari ham mavjud. Q.x.ning muhim sohalari — paxtachilik, g’allachilik, bog’dorchilik, tokchilik hamda pilla- chilikdir. S.v.da respublika qishloq xo’jaligi. mahsulotlarining 30% ishlab chiqariladi. Shuningdek, viloyatda paxta- ning 27%, pillaning 50%, tamakining 89%, sabzavot mahsulotlarining 50% etishtiriladi. Q.x. ekinlari, asosan, katta Farg’ona kanali, shim. Farg’ona kanali, Tojiki- ston, Marg’odar, Somg’ar nasos st-yalari, Xo’jabaqirg’on, Mirzacho’l, Dehmay, Kat- tasoy va Asht kanallaridan sug’oriladi. Dushanba — Konibodom yo’nalishidagi Transtojik t.y. O’zbekiston hududi orqali o’tadi. Shuningdek, Toshkentdan Farg’ona vodiysiga qatnovchi poezdlar ham S.v. orqali o’tadi. T.y.lar uzunligi 173,2 km. Viloyatni respublika marka- zi bilan bog’lovchi avtomagistral yo’li Shahriston (bal. 3378 m), Ustrushona va Ayniy oralig’ida (Turkiston tizmasida) va Anzob (bal. 3372 m, Ayniy va Varzob oralig’ida, Hisor tizmasida) dovonlari orqali o’tganligi bois, noyabr oyidan may oyigacha dovonlar yopiladi. Respu- blika markazini viloyat markazi bilan bog’lash maqsadida ushtur tunnelini qazish ishlari 1982 y.da boshlanib, 1993 y.gacha 21,5 km uzunlikda qazib bitkazil – gan edi. Tunnel qazish 1999 y.dan yana davom ettirildi. S.v.da Tojikiston faning viloyat bo’limi, Tojikiston huquq, biznes va si- yosat davlat un-ti, Xo’jand davlat un-ti va b. oliy o’quv yurtlari, Michurin nomi- dagi bog’va tokchilik i.t. instituti FA- oliyat ko’rsatadi. Sug’d viloyati o’zbeklar jamiyati (1991 y.dan) ishlab turibdi. 10 ga yaqin tarixetnografiya muzeyi, 400 ga yaqin jamoat kutubxonasi, 5 teatr, 302 klub, 10 dan ziyod mehmonxona, Tojiki- ston faning botanika bog’i, 10 ga yaqin sanatoriy va profilaktoriy, xalqaro aeroport mavjud. Xazrati Mavlono me’- moriy majmuasi (12-a.), Namozgoh mas- jidmadrasasi (16— 17-a.lar), Mozori Amir Hamza Xasti podsho (11 — 12-a. lar), Muhammad Bosharo (11 —12-a.lar, 1342-43 y.lar), Abduqodir Jeloniy (15-a. oxiri — 16-a.), Muslihiddin (16- a.) maqbaralari, ko’k gumbaz (Abdalla- TIF) masjidi (16-a.), Mir Rajab Dodho madrasasi (16-17-a.lar), Ustrushonada- gi masjid (18-19-a.lar) va b.saqlangan.