SUG’URTALOVCHILAR UYUSHMASI
SUG’URTALOVCHILAR UYUSHMASI – sug’urta faoliyatini muvofiqlashtirish, uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari oldida himoya etish hamda mahalliy sug’urta kompaniyalari va xorijiy sug’urta kompaniyalari o’rtasida o’zaro foydali aloqalarni o’rnatish maqsadida tashkil etiladigan sug’urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o’zaro sug’urtalash jamiyatlarining xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug’urtalovchi kompaniyalar ittifoqini, Buyuk Britaniya sug’urtalovchilar uyushmasini misol qilib keltirish mumkin. Hozirgi paytda O’zbekistonda sug’urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. Faqat, avtosug’urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko’rsatmoqda.