SURXONDARYO-QASHQADARYO MUSIQA USLUBI

SURXONDARYO-QASHQADARYO MUSIQA USLUBI — o’zbek an’- anaviy musiqasining mahalliy US- lublaridan biri. Mazkur hududda yashayotgan xalqning etnik tarkibi, ke- lib chiqishi, tarixan qaror topgan ijtimoiyiqtisodiy sharoitlari ushbu uslubning o’ziga xosligini belgiladi. Jumladan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari o’zbek aholisining ko’pchilik qismi azaldan yarim ko’chmanchi hayot kechi- rib, asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanayotganligi sababli aynan shu jarayonlarga bog’liq xalq qo’shiqlari salmoqli o’rin tutadi. Mac, O’zbekistonning boshqa hududlarida kam uchraydigan «sog’im qo’shiqlari» («Xo’shxo’sh», «Tureyturey», «Chureychu- Rey») sog’ilayotgan jonivorlarni tin- chlantirish, erkalash va ularni iydi- rish maqsadlarida keng qo’llaniladi. Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar esa er haydash («Ko’shchi qo’shig’i», «Shox moylash», «qo’sh haydash»), hosilni o’rish («yozi»), xirmonda bug’doy yoki arpani yanchish («mayda»), bahor ke- lishi («Navro’z» va b.) va b. paytlarda kuylanadi. Ayniqsa, turli yig’in va to’ylarda erkaklar tomonidan ijro eti- layotgan «qarsak» («Beshqarsak») davra o’yin qo’shiklari mashhur. An’anaviy musiqa cholg’ulari esa asosan cho’ponlar ijodiga xos sibizg’a, g’ajir nay, ayol- lar tomonidan keng qo’llaniladigan changqo’biz, baxshilarga jo’r bo’lgan do’mbira (yaqin o’tmishda — qo’biz) bilan chegaralangan. Musiqa hayotida boshqa hududlardan farkli o’laroq baxshisho- irlar va do’mbirakashlar asosiy o’rin tutadi. Do’mbirada ijro etilayotgan cho’ponlar mehnati bilan bog’liq cholg’u kuylar («Cho’poncha», «qo’ylarni sudrash», «Qo’ylarni yig’ish», «cho’ponni chaqirish» kabi), Doston kuy («Baxshi kuy»)lar keng tarqalgan. Baxshilar ijodidagi «Al- pomish», «Go’ro’g’li» kabi qahramonlik dostonlari hamda turli mavzudagi termalarnpng ijrosida maxsus «ichki ovoz» uslubi qo’llaniladi. S.Q.m.u.da dostonchilikning 2 yirik markazi — Shahrisabz dostonchilik maktabi va she- robod dostonchilik maktabi shakllan- gan. So’nggi davrlarda boshqa maxalliy musiqa uslublariga xos musiqiy an’a- nalar (mas, maqom ijrochiligi san’ati) ham yoyila boshlagan. Hozirda S.Q.m.u. ko’pgina folkloretnografik ansam- bllar («Shalola», «Boysun» va b.), estra- da xonandalari (M.Nomozov, S. Qozieva) ijodiga asos bo’lmoqda, baxshilar tan- lovlari, 2002 y.dan o’tkaziladigan «boy- Sun bahori» xalqaro folklor festiva- li orqali jahon sahnasiga chiqmoqda. Ad.: Karomatov F., O lokalnix sti- Lyax uzbekskoy narodnoy muziki, M., 1964. Oqilxon Ibrohimov.