TABIAT MUZEYI
TABIAT MUZEYI, O’zbekiston davlat tabiat muzeyi — Markaziy Osiyodagi dastlabki yirik ilmiy-ma’rifat muassasasi. «Toshkent muzeyi» nomi bilan 1876 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1921 yilda muzey qadimgi yodgorliklarni saqlash, san’at va tabiat ishlari bo’yicha qo’mita tasarrufiga o’tkazilib, O’rta Osiyo bosh muzeyi nomini oldi. 1930 yilda tabiat bo’limlari, qishloq xo’jaligi. muzeyi hamda Zoologiya bog’i bilan birga O’rta Osiyo tabiat muzeyi va ishlab chiqaruvchi kuchlar nomi berildi. 1935 yil yanvar oyida O’zbekiston Davlat tabiat muzeyiga aylantirildi. 1944 yildan muzey boy ilmiy fondlarni saqlaydigan muassasa sifatida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimiga, 1963 yildan esa O’zbekiston madaniyat ishlari vazirligi ixtiyoriga o’tkazildi. Muzeyda zoologiya va botanika; geologiya va geografiya; ilmiy-ma’rifiy; fond yoki jamg’arma bo’limlari bor. Muzey ko’rgazma zallariga erda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi, organik dune evolyutsiyasi, odamning paydo bo’lishi, respublika tabiati va uning boyliklari, ulardan foydalanish to’g’risida ko’plab tabiiy eksponatlar, kollektsiyalar va ko’rgazmali materiallar qo’yilgan. Muzeyda jami 372021, jumladan botanika bo’yicha 10496, zoologiya bo’yicha 359642 (shundan 355045 hasharotlar), geol. bo’yicha 1883 eksponat bor (2004). Muzeyda o’lkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari bo’yicha i.t. ishlari qam olib boriladi. Muzeyni har yili 50 mingdan ortiq kishi kirib ko’radi. Ergash Islomov.