Tashbih

Tashbih (Arab. — o’xshatish) — she’riy san’atning biri, so’zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa, hodisa yoki xususiyatni ular o’rtasida mavjud bo’lgan biror o’xshashlik, umumiylik nuqtai nazaridan qiyoslash. T. 4 qismdan — mushabbah (o’xshatilgan narsa), mushabbahunbeh (o’xshatayotgan narsa), adoti tashbih (o’xshatish vositalari), vajhi tashbih (o’xshatish sababi) dan iborat. Mas., «Alisher shijoatda arelondek edi» jumlasida Alisher — mushabbah, arelon — mushabbahunbeh, dek — adoti T., shijoat — vajhi T.dir. O’xshatilayotgan narsa yoki hodisalarning bir-biri bilan Kay darajada Moe tushishiga qarab tashbihi tom (to’liq T.) va to’liq bo’lmagan T.ga bo’linadi. T. tuzilishi va xususiyatlariga ko’ra tashbihi sarih (ochiq o’xshatish), T.i mashrut (shartli o’xshatish), T.i tafzil (chekinish yo’li bilan o’xshatish), T.i aks (teskari o’xshatish), T.i tasviya (barobar o’xshatish), T. i musalsal (ketma-ket o’xshatish), T. i kinoyat (kinoya yo’li bilan o’xshatish), T. i mo»kad (ta’kid yo’li bilan o’xshatish), T. i muzmar kabi ko’rinishlarga ega. T. ko’pincha boshqa san’atlar bilan aralash holda keladi. Bir qator she’riy san’atlar esa bevosita T. zaminida paydo bo’ladi. T. faqat so’z o’yini sifatida emas, balki ijodkor g’oyalarini badiiy yorqin ifodalashga xizmat kiladi.