Tele, tele
Tele, tele — ilk o’rta asrlarda turkiy kabilalar katta bir qismining umumiy nomi. Ushbu etnonim ilk bora mil. 4-a.ga oid Xitoy manbalarida uchraydi. Ulardan ma’lum bo’lishicha, mil. 6-a.gacha «tele» atamasi Gobi cho’lining shim., Xingan tog’lari (Manjuriya)ning g’arbi va Tyanshan tog’lari atrofidagi keng hududdan to Orol va Kaspiy dengizi bo’ylarigacha tarqalgan turkey qabilalarning umumiy nomi sifatida ishlatilgan. Ushbu yilnomalardan ayon bo’lishicha, T. kabilalari dastlab mil. AV. 1ming yillikda Di, chidi nomi bilan atalgan, keyinchalik esa, dili, Chile, Dingling, gaogyuy, so’ngra T. deb atala boshlagan. Xitoy yilnomalarida ta’kidlanishicha, bir qancha qabilalar o’z et – nik nomiga ega bo’lsalar ham, kelib chiqishi jihatidan T.larga borib takalib, quyidagicha nomlanar edilar: veyxo(uyg’ur), yuange, seyanto (sir Tardush), kibi, dubo (Tuba), guligan (quriqan), dolange (telengut), pugu (bug’u), bayegu (Bayirqu), tunlo (To’ngra), hun, Adye (Adiz), so’gye (izgil), xueye, baysi (oq si) va h.k. Suyshu nomli Xitoy yilnomasida (7-a.) T. qabilalariga mansub 50 ta kabila nomi keltiriladi. Xitoy yilnomalarida T.larning tili hunlarimng tiliga o’xshashligi qayd qilinadi. Ushbu ma’lumotga asoslanilsa ularning turkiy tilli xalq bo’lganligi ma’lum bo’ladi. T. etnonimi bo’yicha turlicha fikrlar bildirilgan: 1) bir qator tadqiqotchilar fikricha, Xitoy yilnomalaridagi T. atamasining turkiy asli toles (To’les, to’las) bo’lib, dastlab shu shaklda Urxunenasoy bitiktoshlari (7-8-a.lar)da uchraydi va Turk xoqrnligi (6-8-a.lar) va Uyg’ur xoqonligi (8-9-a.lar) davrida ushbu davlatlarning Sharqiy qanotini boshqarish ular vositasida amalga oshirilgan; 2) I. Klyukin va L. Potapovning fikricha, Xitoy manbalaridagi T. etnonimining asl turkiy shakli to’las emas, T. bo’lgan; qad. T. etnonimi hozir ham Oltoy va tuvaliklar orasida mavjud bo’lgan teleut, Teles etnonimlarida ko’rinadi, ya’ni ushbu etnonimlarining negizi T. bo’lib, qad. turkmo’g’ul tillaridagi so’z oxirida ko’plab yasaydigan qo’shimchalar. t. s. undoshlari vositasida teleut va telesga aylangan; 3) hoz. yapon va Xitoy olimlarining fikricha, Di, dili, Dingling, Chile, tele kabi atamalar «turk» etnonimining turli davrlardagi xitoycha talaffuzidir; 4) ayrim tadqiqotchilar fikriga ko’ra, T. atamasining asli «turo» yoki «tura» bo’lib, qad. Eron manbalarida, shu jumladan, «Avesto»da ko’chmanchi qabila sifatida tilga olingan «tur» kabilasi bilan alokalidir. Ularning fikricha, ushbu «tur» yoki «turo» so’zlaridan «turk» etnonimi shakllangan. T. va to’las etnonimi hoz. kunda ham tele, teli, Teles, telek, to’lo’s, doolos (do’o’lo’s), teleut shakllarida bir qancha turkiy xalklar tarkibida uchraydi. G’aybulla Boboyorov.