Teleboshqarish

Teleboshqarish – biron bir ob’ektning ishini nazorat qilish, agar zarur bo’lsa, ish rejimini o’zgartirish, uning fazodagi xrlati yoki vaziyatini o’zgartirib turish va b. uchun mo’ljalangan boshqarish qurilmalari majmui. Telemexanikanint bir qismi. T. da operator (kompyuter) boshkariladigan ob’ektga yuboradigan kodlangan elektr yoki radiosignallar aloqa kanali orqali uzatiladi. T. signallari boshqariladigan ob’ektning avtomatik tizimi zanjiriga ta’sir etadi. T. operator yoki boshqa uzatish qurilmasining tashqi ta’sirini kodlangan signalga aylantiruvchi kodlash va signallarni ajratuvchi dekodlash qurilmalaridan iborat. Kodlash qurilmasi aloqa kanalida kodlangan signallarni uzok, masofaga uzatadi; dekodlash qurilmasi esa turli komandalarning signallarini turlarga ajratadi. T. diskret (uzlukli) va uzluksiz turlarga bo’linadi. Diskret boshqarish tizimlarida avtomatikaning Moe zanjirlarini tanlash va bu zanjirlarga ta’minlash manbalarini ulash yoki uzish uchun «ulash», «uzish» kabi turli komandalar uzatiladi. Uzluksiz boshqarish tizimlari ish bajaruvchi organlari uzluksiz ko’p turli vaziyatlarga ega bo’lgan mexanizmlar (mas., xarakatlanuvchi ob’ektning ruli)ni boshqaradi. Bunday organlarning vaziyati avtomatik tizimning biror zanjiridagi kuchlanish qiymatini o’zgartirib boshqariladi. T. qo’llaniladigan aloqa kanallarining soniga, selektsiya usullari ga va signallarning farqiga, apparatura turiga va konstruktiv jihozlanishiga qarab turlarga bo’linadi. Bir necha aloqa kanali bo’lgan tizimlar boshqarish punkti bilan boshqariladigan ob’ekt orasidagi masofa uncha katta bo’lmagan hollarda qo’llanadi. Masofa ortgan sari bir kanalli aloqa tizimidan va ancha murakkab kodlash, dekodlash qurilmalaridan foydalaniladi. T.dan havoda, er ustida, suvda harakatlanuvchi ob’ektlarning harakatini (uchishini) yoki zaryadlarni portlatishni masofada turib boshqarishda ham foydalaniladi (q. Radiotelemexanika).