Temir-uglerodli qotishmalar

Temir-uglerodli qotishmalar — tarkibi, asosan, temir Fe va uglerod S dan iborat bo’lgan qotishmalar. Sof va texnik turlari bo’ladi. Sof T.u. q.ning holati maxsus diagramma bilan ifodalanadi va bu diagramma holat diagrammam deb ataladi. Sof T.u. q. tarkibida ba’zi qo’shilmalar juda oz miqsorda bo’ladi. Texnik T.u. k. tarkibiga doimiy qo’shilmalar (fosfor R, oltingugurt S, marganes Mp, kremniy Si, vodorod N, azot N, kislorod o), legirlovchi qo’shilmalar (xrom Sg, nikel Ni, vanadiy V, molibden mo, titan Ti, kobalt so va b.) va modifikasiyalovchi qo’shilmalar (magniy Mg, germaniy Se, kaltsiy sa va b.) kiradi va ularning ba’zilari (legirlovchi hamda modifikasiyalovchi elementlar) ataylab qo’shiladi. T.u. q. tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab, po’lat va cho’yanta bo’linadi. T.u. q.ning tarkibi va strukturasini o’zgartirish yo’li bilan xilmaxil xossali po’lat va cho’yan hosil qilish mumkin. T.u. q. mashinasozlik va qurilishda keng ishlatiladi.