Termiziy Xoja Samandar Muhammad ibn baqo
Termiziy Xoja Samandar Muhammad ibn baqo (taxallusi: Samandar) (taxm. 1638, Termiz, — taxm. 1740, Qumqo’rg’on tumanidagi Qopto’qay qishlog’i) — tarixchi olim va shoir, ulamo va davlat arbobi. Termiz sayyidlari oilasida tug’ilgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Dastlab Narpayda qozilik qilgan (1660— 62). So’ngra Sharq va G’arb mamlakatlari, jumladan, Hindistonda darvesh sifatida yashagan. 1670 y.larda Buxoroga qaytib, Ashtarxoniylardan Abdulazizxon saroyida tarixchi (voqeanavis) lavozimida ishlagan. Subhonqulixon hukmronligi davrida saroyda uning nufuzi oshgan. Xiva xoni Anushaxon qo’shinlari Buxoroga bostirib kelganida janglarda bevosita qatnashib, jasorat ko’rsatgan (1678-80). Elchi sifatida qo’shni mamlakatlarga borgan. Nasafda rais (muhtasib) diniy lavozimida ishlagan. T. forstojik tilida Qarshida «Dastur almuluk» («Podshoxlarga qo’llanma»; 1695) va Termizda «Anis ulfukaro» («fuqarolar do’sti»; 1734) asarlarini yozgan. «Dastur almuluk» asari Buxoro xoni Subhonqulixonga bag’ishlangan bo’lib, u muqaddima va 22 bobdan iborat. Kitob axlokiyta’limiy xususiyatga ega tarixiy va adabiy asar bo’lib, unda davlatni boshkdrish to’g’risida podshoxlarga qimmatli maslaxatlar mavjud. Asarda muallif yashagan davrda yuz bergan tarixiy voqealar: Buxoro xonlari qo’shinlarining Xiva xonlari Anushaxon va Arangxon bosqinlariga qarshi olib borgan janglari, Movarounnahr va Xurosonda Markaziy hokimiyatga qarshi ko’tarilgan isyonlar va b. bayon etilgan. Asar qo’lyozmasi O’zbekiston FA Sharqshunoslik inti va SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik inti fondlarida saklanadi. Asar rus tilida faksimilesi bilan (tarjimon M. Salohiddinova; M., 1971), tojik tilida (nashrga tayyorlovchi S. Halimov; Dushanbe, 1990), o’zbek tilida (tarjimon J. Esonov; T., 1997) nashr qilingan. As: dastur almuluk (Nazidanie gosudaryam), M., 1971; dastur almuluk (Podshohlarga qo’llanma), T., 1977. Ad.: Termiz tazkirasi [tuzuvchi Mirzo Kenjabek], T., 2001.