TEZKOR HISOB

TEZKOR HISOB – tezkor yoki tezkor-texnik hisob xo’jalik faoliyatining ayrim uchastkalarida reja bajarilishi to’g’risidagi axborotlarni sistematik ravishda olib turish maqsadida ma’lum xo’jalik muomalalarini bevosita joyida va ular amalga oshishi paytida ro’yxatga olish tizimi bo’lib hisoblanadi. Tezkor hisob ma’lumotlaridan xo’jalik jarayonlari bevosita amalga oshgan paytda kundalik nazorat qilish va boshqarish uchun foydalaniladi. Tezkor hisobning ko’p ma’lumotlari umumlashtirilib, tarmoqlarni boshqarish uchun foydalaniladi.