Tibbiyot-genetika konsultasiyasi
Tibbiyot-genetika konsultasiyasi — tibbiy yordamning bir turi. Tibbiyot genetikasi va odam genetikasi yutuqlariga asoslangan holda zamonaviy sokliqni saklash ishida profilaktik yo’nalishda rivojlanmoqda. T. g.k. irsiy kasalliklari bor bemorlarni hisobga oladi, ularning oila a’zolari va o’zlari ustidan dispanser kuzatuvi olib boradi, shuningdek, aholiga genetic maslahatlar beradi, ya’ni bemorning otaonasi, qarindoshlariga yoki uning o’ziga oilada mazkur kasallik qaytalanishi mumkinligini tushuntiradi. T.g.k. irsiy kasalligi bir yoki ikkita allel gen mutasiyasidan kelib chiqqan bemorlarga; irsiy kasalligi xromosomalar soni va tuzilishining o’zgarishi bilan bog’langan bemorlarga (Daun kasalligi va b.); irsiy kasalligi tashki muxitning noqulay omillari ta’sirida paydo bo’lgan bemorlarga; qarindoshlarida irsiy kasallik borligi tufayli o’zlarida ham shunday kasallik ro’y berishi mumkin deb xavfeiraydigan sog’lom kishilarga; bir-biri bilan turmush kurgan amakivachcha, tog’avachcha, xolavachcha, ammavachchalarga, birinchi bolasi nuqson bilan tug’ilganligi sababli boshqa bola ko’rishdan qo’rqadigan otaonalarga maslahat va yordam beradi. Shunday kilib, irsiy kasalliklarning oldini olishda T.g.k.ning vazifasi otaonalarni kelgusi avlodida shunday kasallik paydo bo’lish xavfi borligidan ogoh qilib qo’yish, yaqin va uzoq qarindosh bilan, shuningdek, yashirin holatda mutant gen tashuvchi kishilar bilan turmush qurmaslikni tavsiya etishdan iborat. T. g.k. faoliyati dispanser kuzatuvi printsipiga asoslangan, faqat tekshirish maqsadida yoki kasalligi xuruj qilganda bemorlar maxsus stasionarga yotqiziladi. T. g.k. talabalar, klinik ordinatorlar, aspirantlar, shuningdek, malakasini oshirayotgan vrach va o’qituvchilarga tibbiyot genetikasidan ilm beradigan o’quv bazasi hamdir.