Tibetlar, tibetliklar
Tibetlar, tibetliklar (o’zlarini —pyobadebataydilar) —xalq,Tibetnnsh: asosiy tub aholisi. T.ning deyarli barchasi XXR (Tibet avtonom rni, Gansu, TSinxay, Sichuan, Yunnan viloyatlari) da, bir qismi Hindiston, Nepal, Butanda yashaydi. Umumiy soni 4,83 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). Tibet tilinsht turli shevalarida so’zlashadi. Dindorlari, asosan, buddaviylar. Mil. 7-a.ning 1yarmidan T. yozuvga ega. Qadimdan kitob bosib chiqarish (ksilografiya) mavjud. T. ning ajdodlari jun va Syan qabilalari (mil. AV. 2ming yillik oxiridan ma’lum) bo’lgan; Syanlar T. etnogenezining asosiy negizini tashkil kilib, turli davrlarda xitoylar, turkiylar, saklar va b.ga mansub etnik guruxdarni o’ziga singdirgan. Mashg’ulot turiga qarab T. tog’lik o’troq dehqonlar (T. ning yarmidan ortig’i), yarimo’troq dehqonchorvadorlar va ko’chmanchichorvadorlarga (asosan, yak, ot, qo’y va echkilar) bo’linadi. Hunarmandchilik (kulolchilik, to’qimachilik, metallni qayta ishlash) taraqqiy etgan. T. orasida yakin vaktlargacha poliandriya va poliginiya saklanib qolgan.