Tipu Sulton
Tipu Sulton (17501799) Maysur davlatining hukmdori, ingliz bosqinchilarining Jan. Hindistondagi siyosatiga qarshi kurash rahbari. Otasi Haydar Ali (1761-82) g’ukmdorligi davrida Maysur qo’shinlariga qo’mondonlik qilib Polilur (1790) va Anegundi (1782) yaqinidagi janglarda inglizlarni mag’lubiyatga uchratgan. 2inglizmaysur urushi (1778— 84) ayni avj olgan chog’da taxtga chiqqan. 1783 i. Bednurda Metyus armiyasini qurshab olib, asir olgan. Inglizlarga qarshi kurashda moddiy bazani yaratish maqsadida ehromlar va mulkdorlar erlari hisobiga davlat erlarini ko’paytirdi, muntazam intizomli armiyani tuzdi, askar va zobitlarga maosh tayinladi, armiya xizmatiga katta tajribaga ega bo’lgan frantsuz zobitlarini jalb etdi, artilleriyani vujudga keltirdi, razvedka ishini yaxshi yo’lga qo’ydi. Bu tadbirlar orqali xazinani to’ldirdi, kuchli armiyani tikladi. Frantsiya, Turkiya, Afg’oniston bilan inglizlarga qarshi ittifoq tuzish niyatida samarasiz muzokaralar olib borgan. 4inglizmaysur urushi (1799) davrida Maysur poytaxti Seringapatamni himoya qilishda halok bo’lgan. Ad.: G’iyosov T.G’., Hindistonning yangi tarixi, T., 1999. Tir — Finikiya (hoz. Livandagi Sur sh.)dagi dengiz bo’yi shahardavlati. Mil. AV. 4ming yillikda asos solingan. Mil. AV. 1ming yillikda ravnaq topgan. Mil. AV. 3—2ming yillikda muhim hunarmandchilik va savdo markazi. 2ming yillikda (tanaffuslar bilan) Misr ta’sirida bo’lgan. T.liklar O’rta dengiz orollari (Kipr, Sisiliya va b.), Shim. va G’arbiy Afrika va Ispaniyada bir qancha koloniyalar (manzilgohlar) barpo etganlar. Mil. AV. 10-a.da T. gegemonligi ostida vujudga kelgan Tirsidon podsholigi Finikiyaning butun dengiz sohyli ustidan hukmronlik qilgan. Mil. AV. 8-a.da T. Ossuriyaga, mil. AV. 6-a. boshidan yangi Bobil podsholigiga, mil. AV. 6-a.ning 2yarmidan Axomaniylar davlatiga karam bo’lgan. Mil. AV. 332 y. uzoqmuddat dengiz va quruklikdan qamal qilingandan keyin T. Aleksandr tomonidan egallangan. Ellinizm davrida T.Ptolemeylar, Salavkiylar davlati tarkibida, mil. AV. 64 y.dan Rimning Suriya provintsiyasiga ichki muxtoriyatini saklagan xolda kirgan. Arablar istilosiga qadar (7-a.) Sharqiy O’rta dengizning yirik savdo markazi bo’lib qolgan. T.da arxeologik qazish ishlari frantsuz arxeologi E. Renan (19-a.ning 2yarmi), A.Puadebar (20-a. ning 40-y.lari) tomonidan olib borilgan. T. Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan.