Tiratron

Tiratron [Yun. tryra — eshik, kirish va (elek)trong’ — anod va katoddan tashkari bir yoki bir necha boshqarish to’ri bo’lgan uch elektrodli ion asbob. Sovuq katodli (tutovchi razryadli) va cho’glanma katodli (ey razryadli) bo’ladi. T. inert gazlar, simob bug’lari yoki vodorod to’ldirilgan germetik (havo kirmaydigan) ballon. To’rda kuchlanish muayyan qiymatga etganda ey razryad vujudga keladi. Razryad hosil bo’lishi paytida to’rning potentsial ishorasiga (katodga nisbatan) qarab, T.lar manfiy va musbat ishga tushirish xarakteristikali xillarga bo’linadi. Manfiy xarakteristikali (to’g’rilagichli, releli, relaktsion va b.) T.da anodning elektr maydoni katodga to’r orqali o’tib keladi. Bular boshqariladigan ventil sifatida ishlatiladi. T. kuchli impulsli elektr zanjirlarida (kommutator sifatida), axborotlarni aks ettirish qurilmalarida (indikator sifatida) va b.da qo’llanadi. Molibden yoki nikel simlardan zich to’rli qilib yasaladigan T. tasitron deb ataladi.