Tirishish

Tirishish — muskullarning to’satdan g’ayriixtiyoriy ravishda qisqarishi. T. nerv sistemasi kasalliklarida (tutqanoq, qoqshol, nevrozlar), zaharlanish, moddalar almashinuvi va ichki sekresiya bezlari ishi buzilganda ro’y beradi. Kelib chiqish sababiga ko’ra, T. epizodik, tasodifiy bo’lishi yoki hafta, oy, yil davomida ma’lum vaktda bir necha marta takrorlanib turishi mumkin. Ba’zi bemorlarda T. tashqi ta’sirotlar (to’satdan kelgan kattik tovush, badanga Nina sanchilishi) natijasida, chuqur nafas olganda, dim xonada, ichkilikni suiiste’mol qilganda tutib qoladi yoki zo’rayadi. T. bitta muskulda yoki bir guruh muskullarda sodir bo’lishi mumkin. Kuchli tirishish (tonik T.) qisqa vaqt davom etishi mumkin, bunda ko’pincha qattiq og’riq paydo bo’ladi. Bunday T. aksari uzoq yurilganda boldir muskulida, shuningdek, soppasog’odamda cho’milish paytida ro’y beradi. Quruq joyda yurgan paytda paydo bo’lgan T.ni oyoq kaftini bir ko’l bilan yozib va ayni vaqgda boldir suyagini ikkinchi qo’l bilan uqalab yo’qotish mumkin. Yotganda yoki utirganda tomir tortishib qolganda tezda o’rindan turib, og’rik oyoqning kafti bilan qattik Tiranish kerak. Cho’milayotgan paytda suv – da oyoq tomiri tortishib kolganda oyoqni harakatlantirmay, oyoq panjasini sog’ oyoq bilan yozish kerak. T.ga moyil odamlar suvda uzok suzmaganlari ma’qul. T. klonik bo’lishi, bunda muskullar goh tez-tez qisqarib, goh qisqa muddatga bo’shashishi mumkin. Umumiy T.da, mas., tutqanok xurujida odam hushidan ketishi va yikilib tushishi mumkin. Bunday hollarda vrach chaqirish zarur. T., odatda, kasallik alomati bo’lishi mumkin, shu boisdan uning sababini aniklash va davolash uchun vrachga murojaat qilish shart.