Tog’li Qorabog’

Tog’li Qorabog’ — Zakavkazedagi tarixiy hudud. 1923 y. Tog’li Krrabog’ hududida Ozarbayjon tarkibidagi Tog’li Qorabog’Muxtor viloyati tashkil qilindi. Mayd. 4,4 ming km2. Aholisi 194 ming kishi (1990 y.lar o’rtalari), asosan, armanlar va ozarbayjonlar, shuningdek, rus va b. millat vakillari xam yashaydi. Viloyatda 5 ma’muriy tuman, 2 shahar va 7 giaharcha bor. Markazi — Xonkendi sh. Yirik shaharlardan Shusha sh. ham bor. T. Q. asosan, kichik Kavkazning Jan. Sharqiy qismida joylashgan. Sh.da Murovdog’tizmasi (eng baland joyi 2725 m) bor. Shim.Sharq va sharqi — tekislik. Foydali qazilmalari: polimetall rudalari, litografiya toshi, Islandiya shpati, marmar, grafit, asbest va b. Mineral suvli bulok ko’p. Hududining ko’p qismida iqlimi mo»tadil (qishi quruq), G’arb va Jan.g’arbiy tog’li qismi salqin va sovuq (qishi quruq). Tekislik va o’rtacha balandlikdagi tog’larda yanv.ning o’rtacha trasi 3°dan -2°gacha; iyulniki tekislik va o’rtacha balandlikdagi tog’larda 20°-26° va baland tog’larda 10°-14°. Yiliga tekislik va past tog’larda 400— 600 mm, baland tog’larda 900 mm gacha yog’in tushadi. Eng yirik daryolari — Terter, Xachinchay, Karkarchay (kura havzasi), Kendelanchay, Ishxanchay (Arake) havzasi. Tekislik va past tog’larda kashtan tuprok, o’rtacha balandlikdagi tog’larda qo’ng’ir tog’o’rmon tuprog’i bilan birga tog’qora tuprog’i uchraydi, undan yukorida tog’o’tloqi tuproqlari bor. Tekisliklarda, asosan, sho’ra va sho’ra boshokdoshlar, tog’etaklarida va past tog’larda yarim kseforit buta changalzorlari, undan yuqorida keng bargli o’rmonlar, subalp va Alp o’tloklari mavjud. O’rmon (dub, qora qayin, zarang) va butazorlar viloyat hududining 32%ni egallaydi. Kaspiy ulari, bezoar echkisi, elik, qo’ng’ir ayiq, jayra, Alp zog’chasi, tog’qarg’asi, qizilquyruk, qoya kaltakesagi yashaydi. Sanoati mahalliy xomashyo asosida ishlaydi. Oziqovkat sanoati etakchi o’rinda (viloyat sanoat mahsulotining 65,5%). Vino zdlari (Xonkendi, Gadrut, Martuni, Mardakert, Askeran va b.), moysir, non zdlari; ipak kti poy-Abzal, gilam va tikuvchilik fkalari bor. Xonkendi elektrotexnika zdi viloyat iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. O’rmon va yog’ochsozlik sanoat tarmoklari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chikariladi. Asosiy sanoat markazi — Xonkendi sh. Q.x.ning etakchi tarmoklari: tokchilik, mevachilik, sabzavotchilik, tamakichilik. Ozuqa ekinlari: g’alla, dondukkaklilar, kartoshka ham ekiladi. Tut mevasi muhim ahamiyatga ega. Chorvachilik go’shtsut va go’shtjunga ixtisoslashgan. Qoramol, ko’y, cho’chqa boqiladi. Pilla etishtiriladi. Asosiy avtomobil yo’llari: Evlax—Agdam—Xonkendi — Shusha—Lachin, Evlax— Mardakert— Kelbajar. Shusha kurorti, Turshsu balneologik iqlimiy davolash joyi, sanatoriy, dam olish uylari bor. Qizil imperiya parchalanib, «ittifoqdosh» respublikalar o’z mustaqilliklarini qo’lga kiritgach, viloyat statusini belgilash bo’yicha T. Q. armanlar bilan ozarbayjonlar o’rtasidagi ancha vakt qurolli to’qnashuv zonasi bo’lib keldi.