Tokantins

Tokantins — Braziliyadagi shtat, Tokantins daryosi havzasida, mamlakatning shim. shtatlaridan. Mayd. 278,4 ming km2. Aholisi 1,15 mln. kishi (2000). Ma’muriy markazi — Palmas sh. Braziliya yassitogligining shim. yon bag’rida joilashgan. Iklimi tropic ikdim, o’rtacha oylik tralar 24-28°. Hududining katta kismini savanna, o’rmonlar egallagan. T. — agrar shtat. Shaharlar atrofida dehqonchilik bilan shug’ullaniladi. Sholi, makkajo’xori, dukkakli ekinlar, maniok ekiladi. Chorvachilikda qoramol, cho’chqa, qo’y va echki boqiladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat, qurilish materiallari tayyorlash, yog’ochni qayta ishlash. Yirik shag’arlari: Palmas, Araguaina.