Tokio

Tokio — Yaponiyanit poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va madaniy markazi. Aholisining soni va sanoatning o’sish sur’atlari bo’yicha dunyodagi yirik shaharlar orasida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Xonsyu o.ning JanSharqiy qismida, Kanto tekisligida, Edogava, Arakava, Sumida, tama daryolarining Tokio qo’ltig’iga quyilish erida joylashgan. Iqlimi subtropik, mussonli, eng sovuq oy — yanv.ning o’rtacha trasi 3,g, eng issik, oy — avg.niki 25,6°. Yillik yog’in 1343 mm. Seryog’in mavsumda tez-tez tayfun bo’ladi. T. seysmik faol zonada joylashgan. Aholisi 8,1 mln. kishi (2000). Poytaxt prefekturasi (Syutoken) yoki kata T. tarkibiga 4 ta Prefekturaning shahar va shaharchalari kiritiladi, aholisi 28 mln. kishidan ziyod. Mamlakat milliy daromadining 1/5 kismi T.ga to’g’ri keladi. T. ga 15-a.ning o’rtalarida asos solingan. 1457 y.da Edo qasri qurilgan bo’lib, uning atrofida savdogar va hunarmandlarning uylari ko’payib bordi. 1590 y.da Edo sh. Tokugava sulolasining qarorgohiga aylandi. Yaponiyaning rasmiy poytaxti esa o’sha vaqtda Kioto sh. edi. 18-a.da Edo jahonning eng yirik shaharlaridan biriga aylandi. 1869 y.da hokimiyat boshqa sulola vakili imperator Musixito qo’liga o’tgach, poytaxt Edoga ko’chirildi va T. («Sharqiy poytaxt») deb ataldi. 19-a.ning 2yarmida T.da ipak, lokbo’yoq, chinni sanoatlari, 19-a.ning oxiridan mashinasozlik va kemasozlik sanoatlari rivojlana boshladi. 1923 y. 1 sent.dagi zilzila va uning okibatlarida kelib chiqqan yong’in tufayli T.ning ko’p qismi vayron bo’ldi. 2jahon urushi vaqtida T. AQSh aviasiyasi tomonidan bombardimon qilingan. T. — transport yo’llarining yirik tuguni. Dengiz porti (yiliga 70 mln. t dan ortiq yuk ortibtushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Metropoliten qurilgan. Etakchi sanoat tarmog’i — mashinasozlik (xususan, elektrotexnika, umumiy mashinasozlik, transport jihozlari ishlab chiqarish., anik, mexanika) va metallsozlik. Kime, poligrafiya va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. Neftni qayta ishlash va neft kimyosi, qurilish materiallari va engil sanoat (to’qimachilik, zargarlik va yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish.) korxonalari mavjud. Sanoati, asosan, chet eldan keltirilgan xom ashyo hisobiga ishlaydi. Sanoat korxonalarining kata qismi mayda va o’rta korxonalardan iborat. T. — yirik savdotaqsimot markazi. Shaxarda tovar va fond birjalari, savdo firmalarining vakolatxonalari, yirik banklar, sug’urta idoralari joylashgan. T. da untlar, Yaponiya FA, san’at akademiyasi, teatrlar, 30 dan ortiq muzey (shu jumladan, Genri galereyasi, Brijston san’at muzeyi, zamonaviy san’at milliy muzeyi, Tokio milliy muzeyi va b.), kutubxonalar, kontsert zallari bor. Me’moriy yodgorliklaridan shahar markazida atrofi bog’bilan o’ralgan imperator saroyi (1869 y.gacha Edo qasri, 15-17-a. lar), saroy majmuasi (1600), manzarali bog’ (17-18-a.lar) saqlangan. Uning atrofida hukumat binolari, Tosyogu va Meydzi ibodatxonalari joylashgan. Soka unti hududida 2004 y. 26 martda Alisher Navoiyga haykal o’rnatildi (haykaltarosh J.Mirtojiev). 1964 y.da T. da 18Olimpiada o’yinlari bo’lib o’tgan.