Toshhovuz viloyati

Toshhovuz viloyati – Turkmaniston tarkibidagi viloyat. 1970 y. 14dek. da qayta tashkil etilgan (avval 1939 y. 21 noyab.dan 1963 y. Yuyanv.gacha mavjud bo’lgan). Mayd. 73,6 ming km2. Aholisi 1165 ming kishi (2001), asosan, turkman va o’zbeklar, shuningdek, qozoq, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 33%, qishloq aholisi — 67%. Aholisining ko’p kismi Amudaryo vodiysida, t.y. atroflarida. Cho’lda, aksari, chorvadorlar mavsumiy hayot kechiradi. T.v.da 6 ma’muriy tuman, 2 shahar, 7 shaharcha bor. Markazi —Toshhovuz sh. T. v. respublikaning shim. qismida, Amudaryo quyi oqimining chap sohilida, Qoraqum cho’lida joylashgan. Er yuzasi, tekislik. Viloyatning shim. qismini Amudaryoning qad. o’zanlari (Ko’hnadaryo, Bujunudavdon), qad. deltasi, Sariqamish soyligi (Sariqamish ko’li bilan birga) va Ustyurt platosining Jan.Sharqiy chekkasi egallagan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq va quruq, qishi kam qor va nisbatan iliq. Toshhovuzda iyulning o’rtacha trasi 27°, yanv.niki -5,5°. Yillik yog’in 100-150 mm (asosan, qishda va bahorda yog’adi). Vegetasiya davri (Toshhovuz atroflarida) 200 kun. Viloyat hududining ko’pgina maydoni qumliklar bilan band. Bo’z tuproq; qad. allyuvial tekisliklarda taqirlar, pastliklarda sho’rxoklar, Amudaryo qayirida har xil o’tloq tuproqlar tarqalgan. Qumliklarda oq saksovul, cherkez, quyonsuyak, bardidoshlar, shuvoq, sho’ra, har xil efemerlar o’sadi. Amudaryo qayirida o’tloq o’simliklari, to’qay (turang’il, shumtol va b.) bor. Amudaryo va ko’l sohillarida chiy va qamish o’sadi. Cho’lda qarsoq tulki, bo’ri, jayran, tovushqon, sudraluvchilar (toshbaqa, kaltakesak, ilon), qushlar uchraydi. Amudaryodan sazan, laqqabaliq, sudak ovlanadi. T. v. Turkmanistonning asosiy paxta etishtirish va chorvachilik viloyatlaridan biridir. Iqtisodiyotida engil va oziq-ovqat sanoati etakchi o’rinda. Asosiy sanoat tarmoqdari: paxta tozalash, yog’moy, go’sht va sut, metallsozlik (asosan, ta’mirlash korxonalari), qurilish materiallari korxonalari. Yirik korxonalari Toshhovuzda joylashgan. Taxta, Ilolli, ko’hna Urganch va b. tuman markazlarida paxta tozalash zdlari, ko’hna Urganch sut zdi ishlab turibdi. Viloyat elektr energiyani Taxiatosh issiklik elektr styasi (O’zbekiston)dan oladi. Obikor erlarda dehqonchilik qilinadi. Amudaryo suvlari ekinzorlarga yirik sug’orish sistemalari: Toshsoqa, Qilichniyozboy, Jumaboysoqa, Qipchoqbo’zsuv shuningdek, eski Shovot va G’ozovot magistral kanallaridan boradi. Taxiatosh gidrouzeli qurilishi munosabati bilan irrigasiya kanallarida suv muntazam oka boshladi. Zaxob erlarni quritish uchun qurilgan kollektorlar yordamida sho’r suvlar (Amudaryoning qad. o’zani atroflaridan) Sariqamish soyligiga tashlanadi. Ekin maydonlariga paxta, ko’p yillik o’tlar, g’alla (sholi, arpa, jo’xori), kunjut, sabzavotpoliz ekinlari, kartoshka ekiladi. Bog’dorchilik (o’rik, olma, shaftoli, behi, nok) rivojlangan, tokzorlar bor. Chorvachilik gushtjun va qorakul teri etishtirishga ixtisoslashgan. Vohalarda qoramol va yilqi, qo’y (asosan, Qorako’l qo’ylar), echki va cho’llarda tuya boqiladi. Obikor erlarda pillachilik rivojlangan. T.y. uzunligi 72 km, avtomobil yo’llari 1000 km dan ziyod. Aeroport bor. T.v.da musiqali drama teatri, Ko’hna Urganch tarixiyme’moriy muzey qo’riqxonasi, umumiy ta’lim maktablari, o’rta maxsus bilim yurtlari, klub muassasalari, kutubxonalar mavjud.