Toshkent zilzilasi

Toshkent zilzilasi – Toshkent sh. seysmik jihatdan faol zona (8-9 balli seysmik rN)da joylashgan.. 1866-68 y.lar va 1966 y.dagi zilzilalar kuchli zilzilalar sirasiga kiradi. 1866 y. 26 apr.dan 27 apr.ga o’tar kechasi sodir bo’lgan zilzila oqibatida mozor va jome masjidlarining gumbazlari, jumladan, Xoja Ahror jome masjidi gumbazi, aholi yashaydigan imoratlar qulab, ko’plab qurbonlar bo’lgan. Bu haqda 19-a.da yashagan toshkentlik tarixchi Muhammad Solih «tarixi jadidai Toshkand» asarida hikoya qilgan. Undan tashqari, Toshkentda 1868 y.ning 4 fevral va 4 aprel, 1886 y.ning 29 noyabr, 1924 y.ning 7 iyun, 1946 y.ning 3 noyabr kunlarida 7 va 8 balli zilzilalar bo’lgan. Bu zilzila o’choklari Toshkentdan tashqarida joylashgan bo’lib, kuchi 8-9 ballga etgan. 1966 y. 26 apr. soat 5 dan 22 min. o’tganda Toshkentda kuchli zilzila sodir buldi. Zilzila o’chog’ining chuq. 8-10 km bo’lib, energiyasi 10y joulga teng, episentrda (sobiq Qashqar mahallasi va Labzak o’rnida) vertikal zarblar kuchli bulib, silkinish 8 ball, Rixter shkalasi bo’yicha magnitudasi 5,3, maksimal vayronalik maydoni — 10 km2 ga etdi. Bu maydon shim.g’arbdan Jan.sharqqa cho’zilgan. Zilzilaga sabab bo’lgan Qorjontov tektonik darzligi shu yo’nalishda 8— 10 km chuqurlikni qamraydi. Bu zilzilani er yuzidagi 100 dan ortiq seysmik styalar qayd qiddi. Birinchi kuchli zarbadan so’ng silkinishlar soni 500 dan ortgan, ulardan bir nechtasining kuchi 7 ballga yaqinlashgan. Ayniqsa, 1966 y.ning 7, 9, 24 may, 4 iyun, 29 iyul kunlari sodir bo’lgan tebranishlar uyjoylarni vayron qilgan. Asosiy tebranish 1966-68 y.lar mobaynida yuz berib turgan bir kancha aftershoklar bi – lan davom etdi. Zilzilaning kaytalab turishi 2000 dan ortiq bo’lganligini Markaziy seysmik stya qayd qilgan. Toshkent sh. geologik jihatdan Tyanshan tog’tizmasi g’arbidagi Toshkent — Mirzacho’l tog’ oldi cho’kmasiga joylashgan. T.z. tektonik xarakterga ega. Zilzila o’chog’i paleozoy, mezozoykaynozoy tog’jinslari yondashgan zonada joylashgan. 1957 y.dan boshlab, Toshkent mineral issiq suvlari (1300— 1400 m chuqurlikda) tarkibidagi radon gazi mikdori orta bordi. 1965 y.ning o’rtalarida 2 barobar ko’paydi va T.z.gacha shu miqdor saklandi. Zilzila ro’y bergach, radon mikdori dastlabki holatga qaytdi. Demak, 1965 y. o’rtalarida chuqurlikdagi tog’jinslarining zichlashish jarayoni to’xtab, deformasiya boshlangan. Bunda zilzila o’chog’idagi tog’jinslarining hajmi o’zgargan, so’ngra jinslar massasining uzilishiga olib kelgan. Radon zilzila darakchisi ekanligi isbotlandi. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ortiq turar joy, 236 ma’muriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish joylari, 26 kommunal xo’jalik korxonasi, qariyb 180 o’quv yurti, shu jumladan, 8 ming o’rinli maktab, 36 madaniy maishiy muassasa, 185 tibbiy va 245 sanoat korxonasi binolari zarar ko’rdi. 78 ming oila, 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, 8 kishi halok bo’lib, 150 ga yaqin kishi jarohatlangan. Zilziladan zarar ko’rgan Toshkentga qo’shni respublikalardan g’amxo’rlik ko’rsatdilar. Boshpanasiz qolganlarni joylashtirish, sanoat va savdo korxonalari ishini qayta tashkil etish va b. tadbirlar belgilandi. Zilzila oqibatida vayron bo’lgan uyjoylar o’rnida zilzilabardosh yangi binolar qad ko’tardi. Qisqa vaqt ichida shahar qiyofasi o’zgardi. Toshkent go’zal, zamonaviy shaharga aylandi. Toshkent zilzilasini sinchiklab o’rganish natijasida bu joylarda bir qancha seysmogen zonalar aniklangan va ularning xaritasi tuzilgan. Keyingi paytlarda shu zonalarda bir qancha kuchli zilzilalar sodir bo’lgan. 1977 y. Yangiyo’l yaqinida, 1977 y. Tovoqsoyda, 1980 y. Nazarbekdagi zilzilalar shular jumlasidandir. T.z. O’rta Osiyoda seysmologiya fanining rivojlanishiga sabab bo’ldi. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’izistonda seysmologiya ilmiy tadqiqot intlari ochildi. O’zbekiston FA qoshidagi Seysmologiya instituto’xodimlari zilzilani oldindan aytib berish, uning sabab va oqibatlarini o’rganish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Ad.: Tashkentskoe Zemletryasenie 26 aprelya 1966g. T., 1971;Ibragimov R. N ., Seysmogennie zoni Srednego TyanShanya, T., 1978. Rashod Ibrohimov.