Toshko’priksoy

Toshko’priksoy – Surxondaryo viloyatidagi soy. Hisor tog’larining Jan. tarmog’i (Ketmonchopti tog’lari) yon bag’irlaridan, 2160 metr balandlikdan boshlanadi. Uzunligi 82 kilometr, havzasining maydoni 491 km2. O’rtacha yillik suv sarfi 1,67 m3/sekunddan (ko’p suvli yilda) 0,190 m3/ sekundgacha (kam suv yilda). Qor, yomg’ir va yer osti suvlaridan to’yinadi. Soyda qish va bahorda suv bo’ladi. Toshko’priksoy bo’yida Bandixon, Oqqopchig’ay qishloqlari bor.