Toshloq tumani

Toshloq tumani – Farg’ona viloyatidatn tuman. 1935 y.da tashkil etilgan. 1959 y.da Oxunboboev tumaniga birlashtirilgan. 1973 y. 12 apr.da qayta tiklangan. G’arbdan Marg’ilon sh., shim. g’arbdan Oxunboboev, Yozyovon, sharqsan Quva tumanlari, Jan.sharqdan Quvasoy sh. va shim.sharqdan Andijon viloyati Bo’z tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,24 ming km2. Aholisi 134,9 ming kishi (2000). Tumanda 1 shaxarcha (Toshloq), 11 qishloq fuqarolari yig’ini (Arabmozor, Axshak, Birlik, Varzak, Qirov, Nayman, Naymanbo’ston, Sadda, To’xtaboev, Qumarik, Qo’rg’oncha bor. Tuman markazi — Toshloq shaharchasi. Tabiati. Tuman hududining er yuzasi, asosan, tekislikdan iborat bo’lib, Jan.dan shimolga tomon pasayib boradi va shim.da Farg’ona cho’llariga tutashib ketadi. G’arbiy qismida kumliklar bor. Iqlimi kontinental. Yanv.ning o’rtacha trasi 0°-2°, eng past trasi -27°, iyul oyining o’rtacha trasi 28°, eng yuqori tra 44°. Vegetasiya davri 210-215 kun. Yillik yog’in 200 mm. Yog’inning ko’p qismi qish va bahorda yog’adi. Ko’pincha, g’arbiy shamollar («Bekobod shamoli») esib turadi. Ba’zan, tog’lardan Sharqiy va Jan.Sharqiy yo’nalishda quruq va iliq shamol esadi. Asosiy daryosi — Isfayram. Jan.dan shim.ga oqib o’tadigan Yozyovonsoy ham sug’orishda muhim ahamiyatga ega. Tuman hududining shim. qismidan sharqsan g’arbga tomon Kamma Farg’ona kapali oqib o’tadi. Tuproqlari, asosan, bo’z tuproq. Shimolrokda allyuvial o’tloq va sho’r tuproqlar ham bor. Yovvoyi o’simliklardan; ajriq, ituzum, sho’ra, qo’ytikanak, bangidevona, otquloq, zubturum, momoqaymoq, yulg’un, yalpiz, yantoq, kurmak, pechak, semizo’t, oqmiya, gulxayri, saksovul, tuya paypoq, na’matak, do’lana va b. usadi. Yovvoyi hayvonlardan sudraluvchilar [(echkemar, charx ilon (efa), kaltakesaklar)], kemiruvchilar (qumsichqon, qo’shoyoq, yumronqoziq, tulki, bo’ri, quyon, tipratikan va b.) qushlardan chumchuq, musicha, bedana, jiblajibon, qarqunoq, ko’rshapalak, so’fito’rg’ay, qirg’iy, qaldirg’och, ko’kqarg’a, bulbul, sa’va, qizilishton, o’rdak, laylak, zarg’aldoq, sassiqpopishak va b. bor. Soy va kanallarda ondatra uchraydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, qirg’iz, rus, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 465,2 kishi. Shahar aholisi 14,2 ming kishi, qishloq aholisi 120,7 ming kishi. Xo’jaligi. Tumanda paxta tozalash zdi, tikuvchilik fkasi, MTP, qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar bor. Q.x.ning asosiy tarmog’i — paxtachilik. Pillachilik, chorvachilik, g’allakorlik, poliz va sabzavotchilik ham rivojlangan. Tumanda 11 shirkat xo’jaligi mavjud. T.t. ekin erlariga paxta, don, sabzavot, poliz, beda, lavlagi ekiladi. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, parranda boqiladi. Tumanda 50 ga yaqin umumiy ta’lim maktabi, kutubxonalar, madaniyat uylari, klub muassasalari, muzeylar ishlab turibdi. Markaziy kasalxona va uning bo’limlari, poliklinika, tug’ruqxona, tibbiy punktlar faoliyat ko’rsatadi. Tuman markazi va Farg’ona shahri hamda tumandagi yirik qishloqlar orasida avtobuslar qatnovi yo’lga qo’yilgan.