«Toyota»
«Toyota» — Yaponiyaning «Toyota» moliyaishlab chiqarish. guruhiga kiruvchi eng yirik avtomobil kompaniyasi. Jahonda AQShning «Jeneral Motore» va «Ford motor» kompaniyalaridan keyin 3urinda turadi. Bosh idorasi Toyota sh.da. «T.»avtomobil kompaniyasi dastlab 1935 y.da to’kimachilik mashinalari ishlab chiqariladigan zdning bir bo’linmasi sifatida sanoatchi Kipchiro Toyoda tomonidan tashkil etilgan. 1937 y.dan «Toyota motor» kompaniyasi. 1947 y.dan «Toyota» engil avtomobili ishlab chiqarildi. 1950 y.dan yangi konstruktsiyadagi avtomobillarning turi va soni yil sayin ortib bordi. Shuningdek, old va orqa o’kdari orqali harakatlanadigan, har qanday yo’lda yura oladigan «Land Kryuzer» modelini ishlab chiqarish. yo’lga qo’yildi. 1954 y.da «T.»avtomobillari Braziliya va Avstraliyada ishlab chikarila boshladi, Jan. Afrika, Tailandtsa sho»ba kompaniyalar tashkil etildi, boshqa mamlakatlarda «T.»avtomobillarini sotish bilan shug’ullanuvchi vakolatxonalari ko’paytirildi. 1957 y.da «T.»avtomobillari AQShga eksport qilina boshlandi. «T.»ning 1962 y.da jami 1 mln., 1972 y.da 10 mln., 1986 y.da 50 mln., 1996 y.da 90 mln. va 1999 y. 100 mln. engil avtomobili konveyerdan chiqdi. 1966 y.da «Korolla», 1970 y.da «Kerika», «Sprinter», «Karina», 1978 y.da «Terkel» modellari yaratildi. 1989 y.dan AQShning «Jeneral Motore» kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. 1992 y.dan Britaniya, 1996 y.dan Rossiyada o’z korxonalarini ochgan. 1997 y. Toshkentda «T.»ning vakolatxonasi ochilib, kompaniya avtomobillari sotila boshladi. «T.»avtomobillar va ko’plab b. mahsulotlar ishlab chiqaradi, o’z tizimiga juda ko’p kompaniyalarni olgan, eng zamonaviy texnika, texnologiya bilan jihozlangan. Avtomobillarni yig’ish jarayoni 98% robotlashtirilgan, ishlab chiqarish. jarayonlari kompyuter yordamida boshqariladigan eng yirik korporasiya hisoblanadi.