Tropik mintaqalar
Tropik mintaqalar – shim. va Jan. yarim sharlarda subtropik va subekvatorial mintaqalar oralig’ida joylashgan 2 geografik mintaqa. T.p.ning materik qismi uchun cho’l va chala cho’l landshafti, okeanlarga esa suvning sho’rligi (37%o) va yuqori trasi xos. T.m.da quyosh nurlari tik tushgani va bulutning kam bo’lganidan quyosh radiasiyasi ko’p. Natijada harorat yil bo’yi yuqori bo’ladi. Eng issiq oyning o’rtacha trasi quruqliklarda 30-35°, eng sovuq oyniki 10° dan pastga tushmaydi. Yillik yog’in 50-200 mm (faqat Sharqiy okean bo’yi mussonli zonasida 1000-2000 mm gacha). Materiklarda T.m.ning quyidagi sektorlari: sernam o’rmon landshaftli Sharqiy okeanbo’yi, siyrak o’rmon va butazorlardan iborat Sharqiy o’tish, cho’l va chala cho’l landshafti ustun bo’lgan materik ichkarisidagi va g’arbiy okeanbo’yi sektorlari farq qilinadi. Sharqdan g’arbga borgan sari o’simliklar dunyosi ham o’zgarib boradi: aralash (doim yashil va barg to’kuvchi) o’rmonlar, mussonli o’rmonlar (q. Tropik o’rmonlar), siyrak o’rmon va savannalar, quruq o’rmon va kserofil butalar, chala cho’l va cho’l o’simliklariga o’tib boradi. Muvofiq ravishda faunasi ham o’zgaradi. Okean va dengiz suvlarida bug’lanish ko’p bo’lganligi sababli kislorod va planktonlar siyrak. T.m.dagi ko’pchilik erlar xo’jalik jihatidan kam o’zlashtirilgan, aholi siyrak.