Tropiklar, madorlar
Tropiklar, madorlar – ekvatordan 23,5° sh.k. va j.k. dan o`tgan doiralar, parallellar. Ekvatordan shimoldagisi shimoliy tropik yoki Saraton tropigi (madori), janubdagisi janubiy tropik yoki Jad tropigi (madori) deyiladi. Har bir tropikda faqat bir marta: shimoliy tropikda 22-iyunda, janubiy tropikda 22-dekabrda Quyosh zenitda (tik tepada) turadi. Tropiklar orasidagi joylarda Quyosh yiliga ikki marta zenitga chiqadi. Shimoliy tropikdan shimolda va janubiy tropikdan janubda Quyosh hech qachon zenitda turmaydi.