Troposfera
Troposfera (yunoncha tropos – o`zgarish, sfera – shar) – atmosferaning yer yuzasiga yaqin eng quyi qismi. Troposferaning qalinligi qutbda 8-10 km, o`rtacha kengliklarda 10-12 km, ekvator atroflarida 16-18 km. Troposferadagi havo asosan yer yuzasidan issiq oladi. Havo harorati troposferaning ustki chegarasida qutbda -55°, ekvator yaqinida -80°. Atmosferadagi butun havo massasining 4/5 qismida ko`prog`i va suv bug`ining deyarli hammasi troposferada havo gorizontal va vertikal harakat qilib, bulutlar paydo bo`ladi va yog`in (qor, yomg`ir, do`l) yog`adi.