Tug’ruqxona

Tug’ruqxona — davolash-profilaktika muassasasi. Ayollarga xrmiladorlik, tug’ruq va chilla davrlarida malakali tibbiy yordam (qatnab yoki stasionar sharoitda) ko’rsatadi hamda ularga xos ginekologik kasalliklarni davolaydi, shuningdek, chaqaloqlarni parvarish qilish va tegishli tibbiy yordam ko’rsatish ishlarini olib boradi. 1996 y.dan O’zbekistondagi mavjud T. lar tug’ruq majmui (kompleksi) deb yuritiladi, ular boshka davolashprofilaktika muassasalari, xususan, oilaviy poliklinikalar bilan uzviy bog’liq holda ish ko’radi, bu esa onalar va chakaloklar salomatligini muntazam nazorat qilish imkonini beradi. Ko’zi yoriydigan ayollarning turar joylaridan qat’i nazar zarur hollarda tug’ruq majmuida zudlik bilan akusherginekologik yordam ko’rsatiladi (yana q. Onalar va bolalar muhofazasi, tug’ruq, tug’ruqqa yordam berish). Hozir O’zbekistonda 54 ta tug’ruq majmui, 1 ta perinatal markaz, tuman Markaziy kasalxonalari tarkibida 185 ta tug’ruq bo’limlari faoliyat ko’rsatmoqda; Toshkent sh.da esa 9 ta yirik tug’ruq majmui va 2 ta perinatal markaz ishlab turibdi (2004).