TURKISTONDA SOVET REJIMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT

TURKISTONDA SOVET REJIMIGA QARSHI QUROLLI HARAKAT — O’rta Osiyo xalqlarining bolsheviklar hukmronligi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan kurashi (1918-1935). T.s.r.q.q.h. — O’rta Osiyodagi milliy ozodlik harakati tarixida alohida bosqich bo’lib, kurash ko’lami va shiddati uning murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan ajralib turadi. Bu harakat o’z jug’rofiy doirasiga ko’ra, 3 hududga bo’linadi: Turkiston ASSR, Buxoro Respublikasi va Xorazm Respublikasi qududlari. U keyinchalik O’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston SSRda ham davom etdi. Qurolli kurash o’z rivojlanish jarayoniga ko’ra, 2 davrni bosib o’tdi: 1918-24 va 1925-35 y.lar. T. s.r.q.q.h.ning 1davri, dastlabki qurolli guruxdarning tashkil topishi Kichik Ergash va katta Zrgashning nomlari bilan uzviy bog’liqdir. Turkiston muxtoriyati xukumati qo’shiniga boshchilik qilgan kichik Ergash.1918 y. 19— 21 Fev.da Qo’qon sh.da bo’lgan urush natijasida mag’lubiyatga uchrab, Qo’qon uezdidagi Bachqir qishlog’iga chekindi. 26 Fev.da Bachqirga qizil gvardiyachilar va arman dashnokdari (q. «Dashnakiutyun»)g’tng 5 ta otryadi hujum qildi. 27 Fev.da bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash halok bo’lgach, katta Ergash Farg’ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Tez orada harakat butun Farg’ona vodiysi va Samarqand viloyati hududlariga tarqaldi. T. s.r.q.q.h.niig bosh sababi bolsheviklarning o’lkada yuritgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati bo’ldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sosialistik tadbirlar (korxonalarning davlat ixtiyoriga o’tkazilishi, xususiy mulkning tugatilishi, oziq-ovqat taqsimoti va g’alla monopoliyasi, Islom dinining cheklanishi va ateizm targ’iboti, masjid, madrasa, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi, vaqf erlarning tortib olinishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi, bozorlarning yopilishi va b.) xamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik siyosati harakatga alohida keskinlik va ko’lam bag’ishladi. Bu hodisalar kurashning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi. Qurolli kurash o’zining harakatlantiruvchi kuchlari (dehqonlar, chorakorlar, hunarmandlar, kosiblar va mardikorlar, to’q badavlat oilalarning vakillari — savdogarlar, boylar qamda ulamolar) va tashkiliy tuzilishi jihatidan ham aholining barcha gurux^ari va ijtimoiy qatlamlarini o’ziga qamrab olgan harakat xisoblanadi. Kurashchilarning milliy tarkibi, asosan, tub joy aholi — o’zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qirg’izlar, qozoqlar, qoraqalpoklar, qisman uyg’urlardan iborat bo’lgan. Shuningdek, ruslar va Validiy tomonidan yuborilgan ayrim boshqird va tatar harbiylari, Turkiya va Afg’onistondan kelgan oz miqdordagi zobitlar xam bor edi. Madaminbek qo’shinlari bilan Jalolobodda turgan K. Monstrovning krest’yanlar armiyasi o’rtasida sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun o’zaro bitim tuzilgan (1919.02.09.). Qizil askarlar tomonidan bosqinchilik va talonchiliklarning kuchayishi ularga qarshi xdrakatni yanada kuchaytirdi va kurashchilar safiga muntazam ravishda askarlar (yigitlar) qo’shilib turdi va yangidanyangi guruh,lar tashkil topdi. Validiyning Turkistonga kelishi va kurash maydoniga chiqishi, «Turkiston milliy birligi» tashkilotining qaror topishi (1921.2.8) bilan janglar butun mintaqada avj olib ketdi. Boshqa yashirin milliy tashkilotlar («Milliy Ittihod», «Milliy istiqlol») qam tuzilib, ular harakatni faol qo’llabquvvatlashdi. Turkiston jamiyatida o’sha paytda etakchi mavqega ega bo’lgan ulamolar ham harakat mafkurasini tayyorlashda muayyan darajada xizmat qildilar. Ammo harakat ayrim mutaassib ruhoniylarning amallari oqibatida ko’pgina hollarda faqat Islom g’oyalariga singib ketdi va shu bilan cheklanib qoldi. Kurashchilar faqat jang harakatlari olib borish bilan cheklanmasdan Madaminbek boshchiligida muvaqqat Farg’ona hukumati (1919.22.10) nomli hukumatni ham tuzdilar. 1920-24 y.larda Buxoro va Xorazm respublikalarida milliy muxolifat olib borgan ozodlik kurashi o’ziga xos alohida yo’nalish va xususiyatga ega bo’lib, o’ta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan Turkiston Respublikasidagi bu harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar kizil askarlarga tayangan holda 1920 y. 1 Fev.da Xiva xonligi va 1920 y. 2 sent.da Buxoro amirliginn qurolli kuch bilan ag’darib, hokimiyatni Buxoroda, asosan, yosh buxoroliklar, Xorazmda esa yosh xivaliklar firqalarining a’zolaridan iborat demokratik kuchlar qo’liga berishdi. Lekin, bu joylarda hokimiyat uchun kurashayotgan boshqa kuchlar ham mavjud bo’lib, natijada milliy kuchlar o’rtasida hokimiyat masalasida o’zaro ixtilof vujudga keldi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalk, Sovet Respublikasiaz. 1920 y.da yuzaga kelgan qurolli muxolifat shu sababli bir yo’la 2 kuchga karshi: birinchidan, bu davlatlar hududida joylashgan bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi mustaqillik kurashini; ikkinchidan, bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan kuchlarga, ya’ni yosh xivaliklar, yosh buxoroliklarga qarshi muxoliflik urushini olib bordilar. Bu harakatning Turkiston Respublikasi, xususan, Farg’ona vodiysidagi qurolli kurashdan farkli jihati ham ana shunda. 1924 y. oxirida Turkiston mintaqasida milliyhududiy chegaralanish o’tkazilishi natijasida qurolli kurashning 1davri yakunlandi. Uning 2davri esa yana 10 y. davom etib, o’zining xarakteri va kuchlar nisbati jihatidan avvalgi davrga nisbatan ancha farq qiladi. Bu davrda, asosan, Farg’ona vodiysi, Sharqiy Buxoro va Xorazm voqasida janglar davom etdi. 30-y.larning o’rtalariga kelib qurolli harakat mag’lubiyatga uchradi. Tirik qolgan kurashchilarning aksariyati xorijiy davlatlarga muhojir bo’lib jo’nab ketishga majbur bo’ldi. T. s.r.q.q.h.ning eng zaif tomoni uning O’rta Osiyo mintaqasida yagona markaz ostida to’liq birlasha olmasligi, harakatning boshidan to oxirigacha mafkuraviy asos bo’lib xizmat qiluvchi Yago – na milliy dasturning yaratilmaganligi hamda ba’zi etakchi shaxslar orasidagi kelishmovchilik va nizolar, ayrimlarining tor dunyoqarashi va b. bo’ldi. Ayrim shaxslar (Xolxo’ja Eshon, G’ulomalixon Bahodir va b.) harakatga faqat o’zlari rahbarlik qilishni o’ylab, yagona qo’mondonlikka bo’ysunmadi. Shuningdek, qurolli kurashga aloqador bo’lmagan ba’zi rypyviap talonchilik va bosqinchilik bilan shug’ullanib, ko’plab begunoh kishilarni o’ldirishdi. Bundan qizil armiya qo’mondonligi va bolsheviklar ustomonlik bilan foydalanishdi. Ular maxsus xufiyalar va josuslar, turli ayg’oqchilar yordamida harakat ichidagi birlikni parchalash, ba’zi guruh rahbarlari o’rtasidagi tarqoqlik va o’zaro ixtiloflarni yanada avj oldirishga urindilar. Nihoyat, Sovet hukumati bir necha islohotlar o’tkazish (xususan, xalq ta’limi sohasida va yangi iqtisodiy siyosatni tadbiq etib, xalq uchun biroz engillik tug’dirgandan so’ng) va turlituman targ’ibotlar natijasida harakat qatnashchilarini mehnatkashlar qo’llabquvvatlashdan qaytara oldi. Ad.: Rajabova R. Yo.va b., Uzbeki ston tarixi (1917-1993 y.), T., 1994; Validiy, Bo’linganni bo’ri er (xotiralar), T., 1997; O’zbekistonning yangi tarixi. 2kitob. [O’zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Alimova D., Golovanov A., O’zbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari, T., 2000;Ziyoeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, T., 2000; Markaziy Osiyo XX asr boshida; islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash. Jadidchilik, muxtoriyatchilik, istiqlolchilik. T., 2001; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917-1924 y.), T., 2002. Qahramon Rajabov