Tuyamo’yin suv ombori
Tuyamo’yin suv ombori – Amudaryoning quyi oqimidagi Tuyamo’yin tor darasida qurilgan yirik gvdrotexnika inshooti. Daryo suvini irrigasiya va energetika maqsadlarida mavsumiy rostlash uchun xizmat qiladi. Gidrouzel qurilishi 1970 y.dan boshlangan. 1978 y.da 1navbati va 1983 y.da to’liq ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 7800 mln. m3. Suv ombori 4 ta — 1 ta o’zanli va chap sohildagi tabiiy chuqurliklarda barpo etilgan, suv uzatilib to’ldiriladigan 3 ta ombordan (Kaparas, Sultonsanjar, Qo’shbuloq) iborat. Gidrouzel Amudaryoning chap va o’ng sohillariga suv chiqarishni ta’minlaydi. T.e.o. to’g’onlari suvni damlab, satxini kutarilishga olib keladi. Bunda yuqori va pastki beflardagi eng katga farq 18-24 m ga etib boradi. Sultonsanjar pastligini suv bilan tuddirish uchun Tuyamo’yin gidrouzelidan G’arb tomonga qarab 2,5 km uzunlikda sarfi 50 m3/sek bo’lgan kanal qurilgan. T.s.o. Tuyamo’yin G’Esning barqaror ishlashini ta’minlaydi. Amudaryodan T.s.o.ga har yili oqib keladigan 200 mln.t loyqaoqiziqlarni chiqarib yuboradigan inshootlar barpo etilgan. O’ng qirg’oqda kema qatnovini ta’minlovchi 18×80 m o’lchamdagi shlyuz qurilgan, uning yuk o’tkazish qobiliyati 535 mingt ni tashkil etadi. T.s.o.ning qurilishi bilan Xorazm viloyati, Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumani hamda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatida yangi erlarni o’zlashtirish, sug’oriladigan erlarning suv ta’minotini yaxshilash imkoniyati yaratiddi. Gidrouzel zonasida daryoning o’ng qirg’og’ida Paxtaarna, Qozoqyob, Beshtom, Nayman va Qizilqal’a, chap qirg’og’ida Toshsoqa, Qilichniyozboy, Qipchoq-Bo’zsuv, Xorazm viloyatida Pitnakarna, Urgancharna va b. kanallarga suv chiqargichlar barpo etilgan. Ziyomiddin Artukmetov.