Uchburchak

Uchburchak – bir to’g’ri chiziqda yotmagan uchta nuqta va uchlari shu nuqtalarda bo’lgan uchta kesmadan yasalgan figura. Berilgan nuqtalar Uchburchakning uchlari, uchlarini tutashtiruvchi kesmalar Uchburchakning tomonlari, tomonlari orasidagi uchta burchak Uchburchakning burchaklari deyiladi. Uchala tomoni o’zaro teng bo’lgan. Uchburchak teng tomonli, ikki tomoni teng bo’lsa, teng yonli Uchburchak deyiladi. Uchala burchagi o’tkir bo’lgan Uchburchak o’tkir burchakli, burchaklaridan biri to’g’ri bo’lsa, to’g’ri burchakli, burchaklaridan biri o’tmas bo’lsa, o’tmas burchakli deyiladi. Uchburchakda faqat bitta to’g’ri yoki o’tmas burchak bo’ladi (chunki Uchburchakning barcha burchaklari yig’indisi ikki to’g’ri burchak, ya’ni 180° yoki radian o’lchovida ya ga teng). Uchburchakning yuzi S = u ah ga teng [a — Uchburchak tomonlaridan biri, h — esa o’sha tomonga tushirilgan balandlik]. Uchburchak har tomonining uzunligi qolgan ikki tomon uzunliklari yig’indisidan kichik, ayirmasidan esa kattadir. Quyidagi shartlardan biri bajarilsa, ikki Uchburchak teng bo’ladi: 1) tomonlari mos ravishda teng; 2) ikkitadan tomonlari va bu tomonlar orasidagi burchaklari teng; 3) bittadan tomonlari va bu tomonga yopishgan ikkitadan burchaklari teng. Uchburchaklarning ko’pgina boshqa xossalarini trigonometriya, sferik geometriya, sferik trigonometriya va boshqa sohalarda o’rganiladi.