Uchinchisi istisno qonuni
Uchinchisi istisno qonuni — formal mantiqning asosiy qonunlaridan biri. Dastlab Aristotel ifodalab bergan. Bu qonunga ko’ra, bir-biriga zid bo’lgan ikki fikrdan biri chin, ikkinchisi xato, uchinchi fikrga o’rin bo’lishi mumkin emas. Bu qonun qaysi fikrning chinligini ko’rsatib bera olmaydi, lekin qaysi fikrdan biri to’g’ri bo’lsa, keyingisi albatta noto’g’riligini bildiradi. Uchinchisi istisno qonuni «A yoki V yoki V emas» formulasi orqali ifodalanadi. Uchinchisi istisno qonuni bilish va muhokama yuritish jarayonida to’g’ri xulosa chiqarish uchun muhim bo’lib, o’zaro zid qarashlarni aralashtirib yuborishga yo’l qo’ymaydi.