Uchma, otashak

Uchma, otashak (Ceratocephalus Moench.) — ayiqtovondoshlarga mansub bir yillik o’tlar turkumi. O’zbekistonda 2 turi — to’g’ritumshuq Uchma (Ctesticulatus (Crants) Bess.) va ilmoqtumshuq Uchma (S. falcatus (L.) Pers.) o’sadi. To’g’ritumshuq Uchma poyasi 1-7 santimetr, ilmoqtumshuq Uchmaning bo’yi 3-10 santimetr, tumshug’i qayrilgan. Bargi panjasimon kambar bo’lakchali, ildiz bo’g’zida joylashgan. Guli sariq. Mevasi tumshuqsimon o’simtali, poya uchida boshoqqa o’xshab to’plangan. Urug’i kuzdagi birinchi yomg’irdan keyin unib chiqadi; mart— aprelda gullab urug’laydi. Uchma cho’l va adirlardagi o’tloqlarda, ekinlar orasida ko’p uchraydi. Tarkibida zaharli modda bor. To’g’ritumshuq uchma, Uchmadan ko’pincha qo’y va echkilar zaharlanadi. O’zbekistonda keng tarqalgan.