UCHQO’RG’ON TUMANI
UCHQO’RG’ON TUMANI – Namangan viloyatidagi tuman. 1935 yil 28 iyulda tashkil etilgan. 1962-73 yillarda, 1988 yil sentabrdan 1989 yilgacha Norin tumani bilan qo’shilgan. 1940 yilgacha Farg’ona viloyati, 1941 yil 6 martdan Namangan viloyati, 1960 yildan 1967 yilgacha Andijon viloyati. 1968 yildan esa yana Namangan viloyati tarkibida. Uchqo’rg’on tumani viloyatning Sharqiy qismida joylashgan. Shimolva sharqdan Qirg’iziston Respublikasi, Janubdan VI- loyatning Norin tumani, g’arbdan Uychi tumani, Janubi sharqdan esa Andijon viloyatining Izboskan tumani bilan chegaradosh. Tumanda 1 shahar (Uchqo’rg’on), 8 qishloq fuqarolari yig’ini (Baxt, Yangiobod, Yangiyer, yashiq, Qayqi, Qo’g’ay, Qo’g’ayo’lmas, Hamza) bor. Maydoni 0,29 ming km2. Aholisi 136,5 ming kishi (2004). Markazi — Uchqo’rg’on shahri. Tabiati. Tuman viloyatning shim. sharqidagi tekislikda joylashgan (balandligi 500 metr). Shimoliy g’arbidan Norin daryosi oqib o’tadi. Katta Farg’ona, Katta Andijon, Haqqulobod, Damariq, ingichka, chap sohil, Birlashgan kanallaridan ekinlarni sug’orishda foydalaniladi. Iklimi keskin kontinental. Iyulning o’rtacha temperaturasi 24-27°, eng baland temperatura 42°, yanvarda -22°, -24° gacha sovuq bo’ladi. Yiliga 250 millimetr yog’in yog’adi. Tuprog’i, asosan, bo’z tuproq. Yovvoyi o’simliklardan tol, jiyda, shumtol, terak, shuvoq, yantoq, qo’ng’irbosh, qiyoq, chitir, qo’ytikan o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, kalamush, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Qushlardan qaldirg’och, laylak, musicha, boyo’g’li, chumchuq, mayna, bulbul, qorayaloq, zag’izg’on, o’rdak, qizilishton, sassiqpopishak, bedana va boshqalar; sudraluvchilardan turli xil ilonlar, kaltakesaklar va echkemar bor. Suvlarida laqqa, sazan, ondatra mavjud. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, qirg’iz, tatar, tojik, rus, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 471 kishi (2004). Shahar aholisi 33,3 ming kishi, qishloq aholisi 103,2 ming kishi. Xo’jaligi. Uchqo’rg’on tumani viloyatning iqtisodiy jihatdan rivojlangan tumanlaridan biridir. Tuman qududida qadimdan hunarmandchilik, kulolchilik, ip yigirish, to’qimachilik va boshqa sohalar ham mavjud bo’lgan. 20-asrning 10-yillaridan boshlab Uchqo’rg’on, Yakubinskiy, Beruzlik va Boydeda paxta tozalash zavodlari qurildi. 1914 yil Norin daryosi ustiga ko’prik qurilib, temir yo’l Uchqo’rg’on shahrigacha uzaytirildi. Uchqo’rgon shahar yaqinida neft va toshko’mir konlari ishga tushirildi. Uchqo’rg’on va Ko’g’ay paxta tozalash zavodlari, «Uchqo’rg’on yog'», Qo’g’ay ta’mirlash, «Uchqo’rg’on don mahsulotlari». «Uchqo’rg’onnon», pivo va salqin ichimliklar, «Uchqo’rg’onTekstil», g’isht, asfalt zavodlari, bir necha yirik qurilish tashkilotlari, avtokorxona, qo’shma va kichik xususiy korxonalar ishlab turibdi. Qishloq xo’jaligi, asosan, paxtachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, bog’dorchilik va chorvachilik ham rivojlangan. Tumanda 13 shirkat, 390 dan ziyod fermer va 26,7 ming dehqon xo’jaliklari faoliyat ko’rsatadi. Umumiy ekin maydoni 21,9 ming gektar, shundan 11,7 ming gektar yerga paxta, 7,3 ming gektar yerga g’alla, 1,1 ming gektar yerga sabzavot, 382 gektar yerga kartoshka, 159 gektar yerga poliz va 670 gektar yerga beda ekiladi. Tumandagi jamoa va xususiy xo’jaliklarda 33,6 ming qoramol (shu jumladan, 12,3 ming sigir) boqiladi. Shuningdek, qo’y, parranda ham bor. Pillachilik rivojlangan. Uchqo’rg’on tumani Qo’qon—Andijon—Toshko’mir temir yo’l yoqasida joylashgan. Uchqo’rg’on temir yo’l stantsiyasi orqali Andijon—Namangan— Toshkent, Qo’qon—Andijon yo’nalishlarida poyezdlar qatnaydi. Tumanda 219 kilometr uzunlikda umumiy foydalanish yo’llari, 192,1 kilometr ichki xo’jalik yo’llari bor. 2003/2004 o’quv yilida tumanda 43 umumiy ta’lim maktabi, o’qish jarayoni chuqurlashtirilgan gimnaziya va lisey maktablarida 31,5 ming o’quvchi ta’lim oldi. 5 kasbhunar kolleji (3,4 ming o’quvchi), sport internat-litseyi (343 o’quvchi), maxsus karsoqovlar internati (252 o’quvchi) faoliyat ko’rsatadi. Tumanda madaniyat saroyi, 11 madaniyat uyi, musiqa maktabi, 41 kutubxona (505,2 nusxa asar), 20 badiiy havaskorlik ansambli bor. Uchqo’rg’on tumanida sport-sog’lomlashtirish markazi, «paxtakor» stadioni, 48 sport zali, 26 futbol maydoni, 200 voleybol, 47 basketbol, 33 minifutbol maydonlari mavjud. «Zaynobiddin» karate klubi, «Xumo» chim ustida xokkey, «Turon» milliy kurash sektsiyalari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona (260 o’rin), 2 poliklinika, Qo’g’ay hududiy kasalxonasi (155 o’rin), Qayqi qishloq uchastka kasalxonasi (65 o’rin), Qo’g’ayo’lmas qishlog’ida hududii yuqumli kasalliklar kasalxonasi (60 o’rin), Hamza qishlog’ida sil kasalligiga qarshi kurashish dispanseri (40 o’rin), Yangiyer qishlog’idagi teritanosil kasalliklari kasalxonasi (30 o’rin), 10 qishloq vrachlik punkta, qishloq vrachlik ambulatoriyasi, Uchqo’rg’on don mahsulotlari korxonasiga qarashli shahar vrachlik punkta, 23 feldsherakusherlik punkti, 10 stomatologiya bo’limi, 3 vrachlik sog’lomlashtirish punkti, Uchqo’rg’on shahri va Qo’g’ay qishlog’idagi 2 tez tibbiy yordam ko’rsatish bo’limlari hamda ularning 5 shoxobchasida 374 vrach, 1870 o’rta tibbiy xodim xizmat qiladi. «Nihol» ona va bola sanatoriysi ishlab turibdi. 1997 yildan «yorqin hayot» tuman gazeta (adadi 5 ming), shuningdek, 1999 yildan «Uchqo’rg’on g’unchalari» gazeta nashr etiladi (adadi 3300).